Qoʻshtirnoq: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Qoʻshtirnoq''' — oʻzbek tilida keng qoʻllanadigan, koʻp (toʻrt) element-li, qoʻshaloq holda ishlatiladigan chegaralovchi tinish belgisi. Uning umumiy meʼyor hisoblangan grafik shakli « » yoki „ “ dan iborat boʻlib, nashriyot ishlarida " " shaklida ham qoʻllanadi; ilmiy uslubda yakka tirnoq shaklida (, ‘) ishlatiladi. Uning birinchi qismi ochiluvchi Q, ikkinchisi esa yopiluvchi Q. deb yuritiladi. Ushbu tinish belgisi oʻzbekcha matnlarda 1886 yildan "Turkiston viloya-tining gazeti" sahifalarida qoʻllana boshlagan.
 
Q. koʻp vazifali tinish belgilaridan boʻlib, muayyan matn qismini chegaralab koʻrsatish bilan birga, uning matn (Q.qaqarangqa olingan qism kiritilgan umumiy matn)ga sintaktik va intonatsion jihatdan maʼlum darajada bogʻlanishini, unga muvofiqlashuvini ham koʻrsatadi. Q. maʼlum qismning oʻzgaligi, muayyan nutqqa yotligi (chetdan kiritilganligi), uning odatdagi maʼnoda qoʻllanmaganligi va boshqalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Q. takroriy, oddiy va murakkab holatda qoʻshaloq holda qoʻllana oladi. Bunda ochiluvchi va yopiluvchi Q.lar ketma-ket qoʻllanadi; bunda ulardan birining shakli oʻzgartib qoʻllanadi.
 
Quyidagilar Q. ichiga olinadi:
# soʻz, soʻz birikmasi, ibora va gap shakllarida boʻlgan koʻchirma (oʻzga) nutq (q.qarang [[Koʻchirma gap]]);
# sitatalar;
# koʻchma maʼnoda qoʻllangan, qoʻllanishi odat tusiga kirmagan, eskirgan yoki yangi qoʻllanayotgan; kesatiq, piching , kinoya va boshqa maʼno uchun qoʻllangan soʻzlar;