Pirmuhammadxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.lar → shaharlar, 0 y. → 0 yil (6), sent. → sentabr using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
{{Buxoro hukmdorlari}}
'''Pirmuhammadxon''' (? - 1567.12.3) - Balx hokimi (1546-67). Shayboniylarryan. Jonibek Sultonnint oʻgli. P. davrida Balx hokimligi kuchayib, toʻliq mustaqil xonlikka aylangan. Buxoro xoni Abdulaziz (1540—50) Balxning mustaqilligiga barham berish maqsadida katta harbiy yurishga otlangan, biroq bu safar uning vafoti tufayli qoldirilgan. Buxoro taxtiga Muhammadyor Sulton oʻtqazilgan. P. taʼziya izhor etish uchun Buxoroga kelib, turli nayranglar bilan taxtni egallab olgan (1550 yil 18 avg .). Biroq amaldorlar va ulamolarning aksariyati P.ni qoʻllab-quvvatlamagan. Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom ham uni tan olmagan. P. shundan soʻng Buxoro taxtiga oʻz kishisi — shaybo-niylardan Umargʻozi Sulton (Oʻzbekxon nomi bilan koʻproq mashhur)ni oʻtqazishga uringan. U Buxoroda oliy hukmdor sifatida bir yilcha turgan, lekin amirlar va eshon Xoja Muhammad Islomdan koʻmak ololmagach, Buxoroni tark etishga, taxtni yana Muhammadyor Sultonga qaytarishga majbur boʻlgan. Movarounnahrdagi ichki nizolar kuchaygan davrda (1551—56) P. jiyani Abdullaxonni (q.qarang [[Abdullaxon IF]]) NavroʻzAhmad-xoma qarshi kurashini quvvatlab turgan. Navroʻz Ahmadxon vafotidan foy-dalangan Abdullaxon Buxoroni egallagan. P. nomiga xutba oʻqilgan. P. 1561 yil 18 aprelgacha shayboniylarning oliy xoni boʻlib qolgan, garchi uning nomiga xutba oʻqilib, tanga zarb etilsada, u faqat nomigagina xon edi. Ba-daxshon va Balxdagi notinchliklar sa-babli P. Balxni tark etib, Buxoroga kela olmasdi. Shuning uchun bu yerda 1557 yildan amalda Abdullaxon hukmronlik qilgan. Badaxshon hokimi temuriy Sulaymonshoh 1560 yil iyul—avg .da Balxga yurish qilganda P. Abdullaxondan yordam soʻragan. Chashmai koziron degan joydagi jangda shayboniy sultonlar gʻalaba qilishgan. Bundan ruhdangan P. Toharistondagi Qunduz va Toliqon shaharlarini egallash maqsadida 1560 yil 5 sentabr da yurish qilgan. 1561 yil P. bilan Abdullaxon oʻrtasida ixtilof yuzaga kelgan, bunga sabab P.ning Buxoroni Abdullaxondan tortib olib, evaziga unga Balxni bermoqchi ekanligi boʻlgan. Biroq, bunga P.ning oʻgʻli Dinmuhammad sulton norozi boʻlib, otasiga qarshi isyon koʻtargan. Xoja Muhammad Islom ham bunga qarshi chiqkan. Abdullaxon Karmanadan otasi Iskandarxonni keltirib taxtga oʻtqazgan (1561 yil may) va P. nomini xut-badan chiqarib tashlagan. P. faol ichki va tashqi siyosat yurgizgan. Uning davrida Balx xonligi Abivard, Marv viloyati va Termiz hisobiga kengaygan. Jan.dagi Gurzuvon va Garchiston viloyatlari chegaralari mustahkamlangan.
 
== Adabiyot ==