Jez davri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi (7), i. ch. → ishlab chiqarish using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 5:
[[Xorazm]]da miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida Jez davrining [[Tozabogʻyop madaniyati]] mavjud boʻlgan. Bu [[arxeologik madaniyat|madaniyat]] [[Burgut qalʼa|Burgut shalʼa]] vohasidagi Tozabogʻyop kanali yaqinidan topilgan. Dehqonchilik va [[irrigatsiya]] tarmoqlari ancha rivojlanganligi bilan farq qiladi (Ongqa-2, Qavat-3 [[makon (arxeologiya)|makon]]lari, [[Koʻkcha-3 qabristoni|Koʻkcha-3]] va boshqa [[mozorqoʻrgʻon]]lar). Aholi, asosan, [[choʻl zonalari|choʻl, zonalari]]da tomi [[qamish]] bilan yopilgan kulba va yarim [[yertoʻla]]li chaylalarda yashagan, xonaki chorvachilik, zaxkash va nam yerlarda [[obikor deqqonchilik|obikor dehqonchilik]] bilan shugʻullangan. Bu davrda metall quyish texnikasi yuksak boʻlgan. Yassi tubli [[chizma]] boshoqsimon naqshlangan idishlar topilgan. Jez metallurgiyasi keng rivojlangan. Xorazmda soʻnggi jez — [[ilk temir davri]]ga [[Suvyorgan madaniyati|Suvyorgan]] (miloddan avvalgi 2-ming yillik) va [[Amirobod madaniyati|Amirobod]] (miloddan avvalgi 1-ming yillik boshi) madaniyatlari mansub. Suvyorgan madaniyati qabilalari yogʻoch ustunli [[toʻgʻri burchak]]li [[chayla]]larda yashagan. [[Oʻchoq]] atrofidan [[sirt]]i qizilga boʻyalgan sopol idishlar topilgan. Topilmalar ichida [[mikrolitlar]] koʻp uchraydi. Bu madaniyat 3 bosqichni ([[Qamishli madaniyati|Qamishli]], [[Bozorqalʼa|Bozor, qalʼa]], [[Qovunchi madaniyati|Qovunchi]]) oʻtgan. [[Urugʻ]] [[jamoa]]lari ovchilik, podachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. Ijtimoiy hayotda dastlab ona urugʻi [[anʼana]]lari kuchli boʻlgan, lekin keyingi ikki bosqichda [[erkak]]larning jamoadagi mavqei ortgan. [[Ayol]]lar erlarga iqtisodiy jihatdan karam boʻla bordi. [[Katta oila]] jamoalarida [[ota]] [[huquq]]i qaror topib mustahkamlandi. Endi [[qarindoshlik]] otaga qarab belgilandi, urugʻlar ichidagi munosabatlar otaning iqtisodiy va ququqiy hukmronligi asosida qurilib, bolalar ota [[mulk]]iga [[merosxoʻrlik|merosxoʻr]] boʻla boshladi. Amirobod madaniyati odamlari yarim yertoʻla uylarda yashagan, uylarning markazida katta [[oʻchoq]] boʻlgan. Sopol idishlari tagi yassi, dagʻal ishlanib, boshoqsimon [[naqsh]] berilgan. Aholi urugʻ jamoalariga birlashib dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Sugʻorish tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yakkaporson-2 dan jez [[igna]], [[oʻroq]], [[suyak]] [[dasta]]li [[bigiz]], [[oʻq-yoy]] [[paykon]]lari topilgan.
 
Fargʻona vodiysida soʻnggi Jez davriga mansub [[Chust madaniyati|Chuyet madaniyati]] aholisining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik, chorvachilikdan iborat boʻlgan. Xom [[gʻisht]]dan uylar yasalgan, [[mudofaa inshootlari]] qad koʻtargan. (q.qarang [[Dalvarzintepa]]).
 
Quyi Zarafshonning [[Zamonbobo madaniyati]] soʻnggi Jez davrining Andropove madaniyatita juda yaqindir. [[Andronovo madaniyati]]ning yuqori bosqichiga mansub [[yodgorlik]]lar Xorazmda, Toshkentdagi [[Koʻkcha-3 qabristoni|Koʻkcha mozori]]da, [[Buxoro viloyati]] [[Qorakoʻl tumani]]da, [[Urgut tumani]]ning [[Moʻminobod (mozor qoʻrgʻoni)|Moʻminobod]] qishlogʻida, [[Chirchiq (daryo)|Chirchiq]] daryosi boʻyida — [[Achchiqkoʻl]] va [[Sergeli]] [[tepa]]larida topilgan. [[Toshkent vohasi]]da soʻnggi jez — ilk temir davri [[Burganli madaniyati]]da aksini topgan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri shiddat bilan yemirilib, qabilalar oʻrtasida dastlabki sinfiy munosabatlar vujudga keldi.