Oy (vaqt birligi): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ximik1991 (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
 
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Oy''' (vaqt) — Oyning Yer atrofida bir marta aylanishi davriga yaqin vaqt oraligʻi; oʻlchov birligi. Quyidagi turlari farq qilinadi: 1) sinodik O. — Oyning ketma-ket kelgan ikki bir xil fazasi orasidagi (O. kalendariga asos qilib olingan) vaqt, 29 kun 12 soat 44 min. 2,28 sek.; 2) siderik O. — Oyning yulduzlarga nisbatan ikki ketma-ket kelgan bir xil vaziyati ora-sida oʻtgan vaqt, 27 kun 7 soat 43 min. 11,51 sek.; 3) tropik O. — Oyning bir xil astronomik uzunlamalardan utishi orasida oʻtgan vaqt, 27 kun 7 soat 43 min. 4,68 sek.; 4) anomalistik O. — Oyning perigeydan ikki marta ketma-ket oʻtishi orasidagi vaqt, 27 kun 13 soat 18 min 33,16 sek; 5) ajdar O. — Oyning koʻtarilish tugunidan ikki marta ketma-ket oʻtishi orasidagi vaqt, 27 kun 5 soat 5 min. 35,81 sek. Grigoriy kalendarika bir yil 12 oyga boʻlinadi; bunda O.lar 28 (29), 30, 31 kundan iborat boʻladi. Quyosh kalendaridagi (q.qarang [[Kalendar]]) kalendar O. Oy fazalariga bogʻliq boʻlmaydi. [[Kalendar]] O. uzunligi ham 28—31 kunga teng boʻladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->