Kashmir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 7:
K. masalasining bir necha marta BMTda muhokama etilishi va Xindiston bilan Pokiston oʻrtasida olib borilgan ikkiyoqlama muzokaralar (1955,1960,1962,1963) hech qanday natija bermadi. 1965 y. sent.da Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida yuzaga kelgan qurolli nizo tinchliksevar mamlakatlarning faol saʼyi harakatlari tufayli barham topdi. Hindiston va Pokiston rahbarlarining 1966 y. 4— 10 yanvar
 
da Toshkentda uyushtirilgan uchrashuvida Hindiston-Pokiston munosabatlarini moʻʼtadillashtirish istiqbollariga yoʻl ochib bergan Deklaratsiya imzolandi (q.qarang Toshke[[nt Deklaratsiyasi]]).
 
1971 y. dek.da Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida yana qurolli nizo sodir boʻlib, uning jarayonida K.dagi oʻt ochishni toʻxtatish chizigʻi bir necha yerida buzildi. 1972 y. 30 iyun — 3 iyulda Hindiston va Pokiston rahbarlarining Simlada oʻtkazilgan kengashida bitim imzolanib, unga koʻra, har 2 tomon oʻrtada mavjud tortishuvli masalalarni tinch yoʻl bilan hal etishni oʻz zimmasiga oldi. 1972 y. avg .da Dehlida oʻtkazilgan muzokaralarda esa tomonlar K.dagi ilgarigi oʻt ochishni toʻxtatish chizigʻi oʻrniga yangi nazorat chizigʻi belgilab oldi. Nazorat chizigʻi demarkatsiyasi 1972 y. dek.da har 2 tomon harbiy qoʻmondonligi vakillari tomonidan tugatilgan. Shunday boʻlsada, Pokiston K.ni oʻz hududiga qoʻshib olish daʼvosidan hanuz voz kechgan emas.