Vizantiya imperiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 78:
Musiqasi. V. dunyoviy professional musiqasida saroy bayram — ibodatlarida tabrik soʻzlari koʻpchilik tomonidan qiroat bilan aytilishi (akklamatsiya), sheʼriy parchalar cholgʻular joʻrnavozligida jimjimador ohanglarda kuylanishi (evfemiya) hamda tantanali tadbirlarda kupovozli madhiya (polixromiya)larni ijro etish keng tarqalgan. Sozlardan gidravlos (suv organi), truba, simbala, keyinchalik pnevmatik organ kabilar mashhur boʻlgan. Diniy musiqada Bibliya matnlarini bir ovozda, joʻrsiz, oʻziga xos ohang bilan oʻqish (psalmodiya), 4-asrdan boshlab xalq ohanglariga yaqin boʻlgan badiha (tropar)lar, kuyi rivojlangan falsafiy lirik qoʻshiq (gimn)lar asosiy oʻrin egallagan. 5—6-asrlarda yashagan shoir va musiqachi Roman Xushxon shaklan rivojlangan asar (kondaklar)lar yaratgan. Ioann Damaskin (7— 8-asrlar) diniy madhiyalarning eng atoqli muallifidir. 9-asrgacha Yevropada peshqadamlik qilgan V. musiqasi keyinchalik inqirozga uchragan. Soʻnggi davr sanʼatkorlaridan Ioann Kukuzel (14—15-asrlar) musiqa nazariyotchisi hamda madqiyalar muallifi sifatida mashhur boʻlgan.
 
V.ning madaniyati, fani, sanʼati, maorifi va adabiyoti Osiyo, Shim. Afrika, Yevropadagi koʻpgina mamlakatlarning madaniy taraqqiyotiga katta taʼsir oʻtkazdi. Shu sababli V. madaniy merosi olimlar tomonidan hamon oʻrganib kelinmoqda (q.qarang Vizantiyashunoslik).
 
'''Vizantiya imperiyasi''', '''Vizantiya''', '''Sharqiy Rim imperiyasi''' ([[395]]—[[1453]]) — 395-yilda [[Theodosius I]]ning oʻlimidan [[Rim imperiyasi]]ning gʻrbiy va sharqiy qismlarga boʻlinib ketishidan yuzaga kelgan davlat. Boʻlinishdan sakson yil oʻtgach [[G`arbiy Rim imperiyasi|G'arbiy Rim imperiyasi]] yoʻq boʻlib ketib, Vizantiyani [[Qadimgi Rim]]ning tarixiy, madaniy va tamadduniy davomchisi sifatida qoldirdi.<ref name="fordham">{{cite web|url=http://www.fordham.edu/halsall/byzantium/index.html|title=Byzantium|last=Halsall|first=Paul|year=1995|publisher=Fordham University|accessdate=21 June 2011|archiveurl=http://www.webcitation.org/618ULqYZz|archivedate=2011-08-23}}</ref><ref>{{harvnb|Millar|2006|pages=2, 15}}; {{harvnb|James|2010|p=5}}: „But from the start, there were two major differences between the Roman and Byzantine empires: Byzantium was for much of its life a Greek-speaking empire oriented towards Greek, not Latin culture; and it was a Christian empire.“</ref>