Soch: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, vakt → vaqt, va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
{{Maʼnolari|Soch (maʼnolari)}}
'''Soch''' (moʻy, tuk, jun) — odamning bosh terisidan oʻsadigan ipsimon shox unum. S. mayin, dagʻal, jingalak boʻladi. S.ning teri ustidagi qismi tola, teri ostidagi qismi esa iddiz deyiladi. S. iddizi S. xaltachasida joylashgan. Xaltachaga atrofidagi yog bezlarining yoʻli ochiladi. Xaltachaning ichki qinida S. piyozchasi va soʻrgʻichi joylashgan. S. soʻrgʻichida qon tomirlar va nervlar boʻladi. S, asosan, azot va oltingugurtga boy oqsilli shox modda — keratindan tashkil toptan. S. rangi kora, malla, okish boʻladi, bu, asosan, sochdagi pigmentlar miqdoriga bogʻliq. Yosh oʻtgan sayin sochdagi pigmentlar kamayib, u oqara boshlaydi (q.qarang [[Soch oqarishi]]). S.da pigment mutlaqo boʻlmasa, u tugʻma oq boʻladi (q.qarang [[Albinizm]]). S, asosan, piyozchadan usadi. S.ning oʻsishi organizmning umumiy ahvoliga, nerv va endokrin sistema holatiga, moddalar almashinuvi, ovqatlanish tarzi, shuningdek, uni parvarish qilishga bogʻliq. Sogʻlom S. pishiq va elastik, jiloli boʻlib yiltirab turadi. Yuqori tra va ishqorlar (nashatir spirti, soda, kir sovun va boshqalar) taʼsirida S. holati oʻzgaradi, u toʻkiluvchan va moʻrt boʻlib qoladi. Nerv va endokrin sistema faoliyatining oʻzgarishi va boshqa omillar taʼsirida yogʻ bezlari koʻgshab yogʻ ishlab chiqaradi, natijada S. haddan ziyod yogli boʻlib ketadi. Turli kasalliklar yoki S.ni notoʻgʻri parvarish qilish (boshni botbot, ayniqsa, qattiq suv va ishqorli sovun bilan yuvish, S.ni teztez jingalak qilish) uning oʻsishiga zararli taʼsir etadi; u juda quruq, xira boʻlib qoladi va toʻkilib ketadi.
 
Soch kasalliklari. Yogʻ bezlari funksiyasining buzilishi S.ning oʻzgarishiga sabab boʻladi. Natijada bosh terisida mayda kepakka oʻxshash tangacha — qazgʻoq paydo boʻladi, bu koʻpincha seboreya kasalligida kuzatiladi. S. toʻkilib, oʻrnidan yangi S. chiqib turishining buzilish sabablari har xil; baʼzan S. butunlay toʻkilib, kal boʻlib qolishi yoki, aksincha, S. zoʻr berib oʻsishi mumkin. Bosh kiyimning ogʻir yoki tor boʻlishi, uzoq vaqt parik kiyibyurish, shuningdek, oftobda boshyalang yurish va boshqalar S. toʻkilishiga sabab boʻladi. Qish kunlari boshyalang yurish yaramaydi, aks holda yuza tomirlar kisilib S. oziklanishi buziladi. S. strukturasi va koʻrinishining oʻzgarishi terining zamburugʻ kasalliklarida (mikrosporiya, trixofitiya, kallik) ham kuzatiladi. S.da kasallik paydo boʻlsa, albatta, vrachga murojaat qilish zarur.