Hendrik Lorentz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 10:
}}
{{Maʼnolari|Lorents (maʼnolari)}}
'''Hendrik Antoon Lorentz''', Xendrik Anton Lorens (1853.18.7, Arnem — 1928.4.2, Harlem) — golland nazariyotchi fizigi. [[Leyden universiteti]]ni tugatgan (1872), shu universitet prof. (1878 - 1923), Harlemdagi Teylor instituti direktori (1923 yildan). Ilmiy ishlari nazariy fizikaga oid. J. K. Maksvellttt elektromagnit nazariyasiga asoslanib, elektron nazariyani yaratgan, koʻpgina elektr va optik hodisalarni, xususan, Zeyeman effektini tushuntirib bergan; yorugʻlik dispersiyasini, yorugʻlikning sinish koʻrsatkichi va qutublanuvchanligi orasidagi bogʻlanishni aniqlagan; elektromagnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarraga taʼsir etuvchi kuch (Lorents kuchi) ifodasini keltirib chiqargan; L. — harakatdagi muhitlar elektrodinamikasi asoschisi. [[Nisbiylik nazariyasi]] asosida yotgan va uning nomi bilan ataladigan ko-ordinatalarni almashtirish (q.qarang [[Lorents almashtirishlari]]) ni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1902; [[Pieter Zeeman]] bilan hamkorlikda).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==