Qoʻqon xonligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 11:
1826 yil Sharqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh koʻtargan musulmon aholiga yordam berish uchun qoʻshin tor-tib borilgan. Natijada Xitoy huku-mati Sharqiy Turkistonning 6 ta shahri (Oqsuv, Qashqar, Yorkend, Xoʻtan va boshqalar) dan soliq olish huquqini Qishloq xoʻjaligiga berishga majbur boʻlgan.
 
Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Jan. Olay togʻ etagidagi Qorategin, Dar-voz, Shugʻnon, Roʻshon, Vohon bekliklarini boʻysundirgan. Bu davrda xonlikda sugʻorish ishlari ancha yoʻlga qoʻyilgan. Toshkent yaqinida Xonariq kanali qazilgan. Tashqi iqtisodiy-savdo aloqalari ham ancha yaxshilangan. Buxoro amiri Nasrullo (q.qarang [[Nasrulla (Buxoro amiri)|Nasrullaxon]]) bilan yuz bergan urushda (1840 yil) Muhammad Alixon yengilib, Xoʻjandni amir Nasrulloga topshirishga va oʻzini uning noibi deb tan olishga majbur boʻlgan. Ammo Buxoro — Qoʻqon munosabatlari bundan keyin ham kes-kinlashgan. Natijada 1841 yil noyab. oyida Muhammad Alixon oʻz ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan xabar topgan amir Nasrullo Qoʻqonga bostirib kelib, uni talon-toroj qiladi. U shu qirgʻin-barot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi Nodirabegimni va boshqa yuqori man-sabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan Qishloq xoʻjaligi Buxoro noibi tomo-nidan boshqarila boshlangan. Amir noibi Qishloq xoʻjaligi aholisiga ogʻir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842 yil yozida qoʻqonliklar qoʻzgʻolon koʻtaradi, amir Nasrulloga sodiq kishilarning koʻpchiligini oʻldiradilar va Norboʻtabiyning ukasi Hojibekning oʻgli Sheralini xon qilib koʻtarishadi. Buni eshitgan Buxoro amiri Qoʻqonga qoʻshin tortib oʻz hukmronligini qayta oʻrnatish uchun uni qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinchi kuni Xiva xoni Olloqulixonning Buxoro hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga maj-bur boʻlgan. Natijada qoʻldan ketgan koʻpgina hududlar (Xoʻjand, Toshkent) yana Qishloq xoʻjaligi ixtiyorida qoladi.
 
Sheralixonnint (1842—45) taxtga oʻtirishida koʻmakchi va xayrixoh boʻlgan qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan, harbiy ishlar bilan shugʻullangan va xon qoʻshinlarining tarkibini koʻproq qipchoq yigitlari bilan toʻldirgan. Musulmonqul oʻz mavqeidan foydalanib, Sheralixonga oʻz taʼsirini oʻtkazishga intilgan. Ammo xon bunga yoʻl qoʻymaslikka intiladi. Musulmonqul xondan norozi boʻlib, boshqalarning qoʻli bilan suiqasd uyushtirishga harakat qilgan. 1845 yil Oʻshda xonning soliq siyosatiga qarshi qoʻzgʻo-lon boshlanadi. Musulmonqul qoʻzgʻo-lonni bostirishga ketganida, uning sheriklari Olimxonning oʻgʻli murodbekni Qoʻqonga taklif qilib taxtga oʻtqazganlar. Sheralixon oʻldirilgan. Taxtni saqlab qolish uchun Murodxon oʻzini Buxoro amirining noibi deb tan olishga majbur boʻlgan. Musulmon-qulni mingboshi lavozimida qolganligi haqida farmon chiqaradi va uning Qoʻqonga qaytishini talab qiladi. Musulmonqul esa Oʻshdan Namanganga kelib qizini Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorga turmushga beradi va u bilan Qoʻqonga kelib, Murodxonni oʻldi-rib, yoʻsh Xudoyorni xon deb eʼlon qiladi (q.qarang [[Xudoyorxon]]). Musulmonqul xonning yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda oʻzi boshqaradi, katta lavozimlar qipchoqlarga ulashib beriladi. Natijada Musulmon-qulga qarshi xonlik hududida norozilik harakati kuchaydi va u mingboshilikdan boʻshatiladi. Musulmonqul oʻz mavqeini tiklamoqchi boʻlib, ruslar bilan aloqa oʻrnatishga intiladi va ruslarning vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan 1853 yil bahorida maxfiy uchrashadi. Musulmonqulning rus qoʻmondoni vakili bilan uchrashgani va hokimiyatni oʻz qoʻliga olmoqchi boʻlganligidan xabar topgan oʻzbek va qirgʻiz zodagonlari (Muhammad Niyoz Qushbegi, muhammad Rajab Qoʻrboshi, Muhammad [[Yo[[qubbek]] qushbegi va boshqalar) qipchoqlardan qutulish yoʻlini axtarib [[Xudoyorxon]]ni oʻzlari tarafga ogʻdirib, 1853 yil qipchoqlar qirgʻinini boshlab yuborishgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl qilingan.
 
Biroq Qishloq xoʻjaligida oʻzaro taxt uchun kurashlar tinchimagan, yuqoridagi harbiy amaldorlar [[Xudoyorxon]]ga qarshi fitna tayyorlaganlar, biroq u muvaffaqiyatsiz chiqqan (q.qarang [[Yo[[qubbek]]). Qisqa vaqt ichida xonlar bir necha marta almashgan (1852—62 yillarda Sheralixonning oʻgʻli Mallaxon, 1862—63 yilda Shohmu-rodxon, 1863 yil may-iyunda yana xudoyorxon, 1863 yil iyul — 1865 yillarda Mallaxonning oʻgʻli Sulton Sayidxon xon boʻlgan).
 
1865 yil Qoʻqonda qipchoq va qirgʻizlar Xudoyqulbekni tantanavor ravishda xon deb eʼlon qiladilar. U atigi 14 kungina xonlik qiladi, soʻngra barcha xazinani va qimmatbaho narsalarni olib, Qashqarga qochib ketgan. [[Xudoyorxon]] hech qanday qarshiliksiz Qoʻqon taxtini qayta egallagan (1865— 75). Bunday beqaror ichki vaziyatdan foydalangan Rossiya Qishloq xoʻjaligiga qarshi istilochilik harakatlarini boshlab yuborgan. Natijada 1853—65 yillar davomida Oqmachit, Toʻqmoq, Pishpak, Avliyoota, Turkiston, Chimkent, Toshkentni va ularning atrof hududlarini bosib oladi. 1867 yil 14 iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini taʼsis etdi va Oʻrta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan hududlar hisobidan turkiston general-gubernatorligini tashkil qildi. Chorizm bosqini tufayli Qishloq xoʻjaligi chegaralari ancha qisqarib ketdi. Xazinaga tushadigan daromadlar keskin kamaydi. Xon xazinani toʻldirish uchun yangidan qoʻshimcha soliqlar joriy etdi. Xalq bundan norozi boʻlib 1871 yil Soʻxda gʻalayon koʻta-radi. Bu gʻalayon qurolli qoʻzgʻolonga aylanib ketdi. Oʻrta Osiyo tarixida eng uzoq davom etgan "Poʻlatxon" qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi. Rus qoʻshinlari qoʻzgʻo-lonchilarni yengdilar va Poʻlatxon asirga olindi. U 1876 yil 1 mart oyida Margʻilon shahrida dorga osiladi. Chor qoʻshinlari Qishloq xoʻjaligini bosib olib, xonlikni rasman bekor qiladilar va oʻrniga Fargʻona viloyatini taʼsis eta-dilar.