Hayvonlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q. x. → qishloq xoʻjaligi, -a.ni → -asrni using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 5:
H. hujayraviy tuzilishga binoan bir hujayra va koʻp hujayralilarga ajratiladi. Bir hujayralilarda bitta hujayraning oʻzi tirik organizm uchun xos boʻlgan deyarli barcha xususiyatlarga ega. Tuban koʻp hujayralilar — plastinkasimonlar tanasi bir necha funksiyani (harakatlanish, qoplash, oziqlanish) bajaradigan, kam ixtisoslashgan hujayralardan iborat. Gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar tanasi 2 qavat (ektoderma va entoderma) boʻlib joylashgan nis-batan ixtisoslashgan hujayralardan iborat, lekin toʻqima va haqiqiy organlar shakllanmagan; birmuncha murakkab tuzilgan. H. toʻqima va organlari ontogenezda 3 ta murtak varaqlari (ektoderma, endoderma va mezo-derma) hisobidan hosil boʻladi. Mas, ektodermadan nerv sistemasi. sezgi organlari, teri va uning hosilalari; endodermadan ichak, nafas organlari, sekretsiya bezlari; mezodermadan suyak, muskul, qon aylanish, ayirish sistemasi organlari shakllanadi.
 
3 qavatli H. birlamchi ogʻizlilar (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyokdilar) va ikkilamchi ogʻiz-lilar (ignatanalilar, xordalilar)ga ajratiladi. Anʼanaga koʻra barcha H. umurtqasizlar (koʻpchilik H.) va umurtqalilar (xordalilar)ga boʻlinadi. Tuzilishi va oʻzaro filogenetik bogʻlanishiga binoan hayvonot dunyosi kenja dunyo, tip, sinf va boshqa taksonlarga ajratiladi. Odatda, hayvonot dunyosi 16—25 (baʼzan 10—33 ta) tipga ajratiladi. Ayniqsa tuban tuzilgan umurtqasizlarni sistemaga solishda koʻp chalkashliklar mavjud. Mas, 20-asrning 60-yillarigacha bir hujayralilar faqat bitta tip sifatida oʻrganilgan boʻlsa, hozirgi davrda bir necha (5—7 ta) tipga ajratiladi. Barcha koʻp hujayralilar tiplari (q.qarang [[Tip]]) bitta koʻp hujayralilar kenja dunyosiga, bir hujayralilar esa bir hujayralilar kenja dunyosiga kiritiladi. H.ning 1,5 mln. (boshqa maʼlumotlarga koʻra 3—4,5 mln.) turi maʼlum. Yer yuzida H. yaxshi oʻrganilmagan. Har yili toʻgarak chuvalchanglar, hasharotlardan yuzlab yangi turlar koʻrsatib berilmoqda. Aniqlangan H.ning 2/3qismini hasharotlar tashkil etadi.
 
Tabiatda va odam hayotida H. katta ahamiyatga ega. H. — barcha ekosistemalarda oziqlanish zanjirining asosiy tarkibiy qismi. H. oʻsimliklar bilan oziqlanib, oʻzlashtirgan moddalarining yana tuproqqa qaytarilishiga, binobarin oʻsimliklarning oʻsishiga imkon beradi. Oʻsimlik va H. qoldigʻi bilan oziqlanadigan H. Yer yuzini organik qoldiqlardan tozalab, tabiiy sanitarlik vazifasini bajaradi. Yirtqich H. tabiatda zararkunanda H.ning sonini cheklab turishga yordam beradi. H. odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Ulardan bir qancha turlari ovlanadi; uy hayvonlari goʻsht, sut, jun, teri va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari olish maqsadida va transport vositasi sifatida boqiladi. H. orasida qishloq xoʻjaligi, odam va H.ga ziyon keltiradigan parazit turlari ham koʻp. Odam faoliyatining tabiatga taʼsiri tobora kuchayib borishi bir xil turlar sonining keskin qisqarib ketishiga olib keldi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra hozirgi davrda har kuni H.ning bitta turi yoʻqolib bormoqda. H.ni muhofaza qilish va ulardan foydalanish maqsa-dida deyarli barcha mamlakatlarda qonunlar qabul qilingan; maxsus qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 184 hayvon turi kiritilgan.