Vengriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 8:
 
== Tabiati ==
Mamlakat hududi asosan te-kislikdan iborat. Dunay daryosining soʻl sohili — Katta Oʻrta Dunayning bir qismida 100 – 200 m balandlikdagi tepaliklar uchraydi. Dunayning oʻng sohili 150–200 m balandlikdagi Dunantul oʻrqir tekisligi va Oʻrta Mojar togʻlarining massivlari (Bakon, Vertesh, Pilish, Mechek va b.) dan iborat. Mamlakatning shim.-gʻarbida Kichik Oʻrta Dunay pasttekisligining jan. qismi (Kishalfyold), shim.sharqda Karpat togʻlarining etaklari (mamlakatning eng baland nuqtasi — Matra massividagi Kekesh togʻi, 1015 m), gʻarbda Alp togʻlarining yon bagʻri (bal. 500–800 m) joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: boksit, qoʻngʻir va toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, uran, marganes, temir rudalari. Balaton koʻli qirgʻoqlarida shifobaxsh termal va maʼdanli issiq suv buloqlari bor. Iqlimi — moʻtadil, kontinental. Yanv. da oʻrtacha temperatura — 2, —4°, iyulda 20, 22,5°. Yillik yogʻin miqdori sharqda 450 mm dan jan.-gʻarbda 900 mm gacha. Shar-qida qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Yogʻinning koʻpi yoz boshida va kuzda yogʻadi. Dunay daryosi V. niMojaristonni va uning poytaxti — Budapeshtni kesib oʻtadi. Uning irmoqlari — Tisa, Raba. V. daMojaristonda koʻllar kam, eng kattasi Balaton koʻli. Yerlarining koʻp qismi — qora tuproq. Togʻ va adirlarda qoʻngʻir oʻrmon va karbonatli chim. Tisa va Dunay vodiylarida allyuvial tuproqpar. Alfyoldda shoʻrlangan kam unum tuproqlar uchraydi. V.Mojariston hududining 17,6 % oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlar asosan togʻ yon bagʻirlarining 300– 400 m dan baland qismlarida saqlanib qolgan. Hayvonlardan quyon, dala sichqoni, yumronqoziq, tulki, tipratikan, qushlardan toʻrgʻay. qorayaloq, qizilishton, boyqush. qamishzorlarda suv parrandalari uchraydi. V. daMojaristonda Qishbalaton qoʻriqxonasi, Tixan, Xortobad va b. milliy bogʻlar bor.
 
Aholining 97% Mojarlar, shuningdek olmonlar, slovaklar, xorvatlar, ruminlar, yahudiylar, serblar, slovenlar, polyaklar, loʻlilar va b. ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi: 1 km: ga 115 kishi toʻgʻri keladi, 62% aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlar asosan katoliklar (64%) va protestantlar (23%). Rasmiy tili — mojar tili. Yirik shaharlari: Budapesht, Mishkols, Debresen, Seged, Pech.
 
== Tarixi ==
V.Mojariston hududida dastlabki manzilgohlar paleolit davrida paydo boʻlgan. Bu yerda skif, illiriy, kelt qabilalari yashagan. Mil. av. 1-asr oxiri va mil. 2-asr boshlarida ularni Rim imperiyasi zabt etgan. Keyinchalik, xalqlarning buyuk koʻchishi davrida V.Mojariston hududida olmon va turkiy elatlar kelib joylashgan. 6-asr da slavyanlar kelgan. Hoz.Hozrigi vengmojarerlarning ajdodlari mil. davr boshlarida Qora dengiz boʻylarida yashar edi. Koʻchmanchi chorvador mojar qabilalari 9-asr oxirlarida gʻarbga siljib, hozirgi V.Mojariston hududiga kelib joylashgan. V.Mojariston davlatining shakllanishida 997 yil xristianlikning qabul qilinishi va knyaz Ishtvan I ning taxtga oʻtirishi muhim rol oʻynadi. U 1000 yilda oʻzini qirol va davlatni qirollik deb eʼlon qildi. 10-asr ning ikkinchi yarmidan boshlab dehqonchilik rivoj topdi, yerga xususiy mulkchilik kuchaya bordi. Moʻgʻullarning hujumi (1240—41) V. niMojaristonni vayron qildi. Bu davrda qirol Bela JV (1235—70) Avstriyaga qochdi. 1242 yil da bosqinchilar ketgach, qirol qaytib kelib, mamlakat xoʻjaligini qayta tiklash, mamlakatni mustahkamlash choralarini koʻrdi: mayda va oʻrta dvoryanlarga imtiyozlar berdi, qoʻshni davlatlar bilan aloqa oʻrnatdi. Uning vafotidan keyin feodal tarqoqlik kuchaydi. Karl Robert (1308—42) va uning oʻgʻli Layosh (Lyudovik) (1342—82) davrida hokimiyat markazlashtirilib, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga eʼtibor berildi.
 
15-asr boshidan V. gaMojaristonga turklar taxdid soldi. Dastlab 1416, 1418 i.yil larda turklar V.Mojariston jan.ga bostirib kirdi. Mamlakatdagi feodal tarqoqlik turklarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishga xalaqit berdi. Ichki nizolar kuchaydi, dehqonlarni ekspluatatsiya qilish zoʻraydi. Oʻzaro urushlar, dehqonlar gʻalayoni mamlakatni tobora zaiflashtirdi. Moxach yaqinida mojarlar sulton Sulaymon armiyasilan yengilib (1526), V. ningMojaristonning markaziy va jan. qismi Turkiyaga (150 yil davomida) qaram boʻlib qoldi, gʻarbiy va shim. qismi Avstriyaga oʻtdi. Mojar dvoryanlari Avstriya monarxi Ferdinand Gabsburgni oʻz qiroli deb tan oldi. V. ningMojaristonning sharqida Transilvaniya knyazligi tashkil topdi, keyinchalik u ham Avstriyaga qaram boʻlib qoldi (1858).
 
18-asr dan boshlab chet el zulmiga qarshi ozodlik kurashi kuchaydi, bu kurash Ferens II rahbarligida 10 yil davom etib, pirovardida magʻlubiyatga uchradi. 1711 yilgi Satmar sulhiga muvofiq, Avstriya oʻz taʼsirini butun V.Mojariston hududiga oʻtkaza boshladi. Gabsburglar oʻtkazgan qator islohotlar va "maʼrifatli absolyutizm" siyosatiga qaramay, 18-asr oxiridagi Fransuz burjua inqilobi taʼsirida V. daMojaristonda Avstriya hukmronligiga qarshi norozilik kuchaydi. 1848 yil 15 martda V. DaMojaristonda pomeshchiklar tuzumi va Avstriya zulmiga qarshi inqilob boshlandi. 1849 yil 5 yanvar da Avstriya qoʻshinlari V.Mojariston poytaxtiga kirdi. V. ningMojaristonning barcha qonunlari bekor qilindi, mamlakat Avstriyaning viloyatiga aylantirildi. 1867 yil Avstriya hukumati venrep hukmron doiralari bilan kelishib Avstriya-V.Mojariston monarxiyasini tuzdi.
 
1 -jahon urushi natijasida bu monarxiya parchalandi. 1918 yil okt.dagi inqilob natijasida V.Mojariston mustaqil davlatga aylandi (16 noyabrda respublika deb eʼlon qilindi). 1919 yil 21 martda V.Mojariston Sovet Respublikasi boʻldi. U 1919 yil 1 avg .da agʻdarilgach, mamlakatda Xorti diktaturasi (1920—44) oʻrnatiddi. V.Mojariston Italiya va Olmoniya bilan yaqinlashdi. Mamlakat iqtisodiyoti [[Olmoniya]] fashizmiga xizmat qildirildi. Ikkinchi jahon urushida Olmoniyaning ittifoqchisi sifatida qatnashdi. 1944 yil martda gitlerchilar V. niMojaristonni bosib oldilar. Ular hokimiyat tepasiga F. Salashini qoʻydilar. 1944 yil sentabrda V.Mojariston olmon qoʻshinlaridan ozod qilina boshladi. 1944 yil 22 dek.da tuzilgan V.Mojariston muvaqqqat milliy hukumati oradan 6 kun oʻtgach, Olmoniyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945 yil 4 apr.da V.Mojariston olmon koʻshinlaridan butunlay ozod etildi. 1946 yil 1 fevralda V.Mojariston respublika deb eʼlon qilindi. 1949 yil dan Mojariston Xalq Respublikasi deb ataldi. Mamlakatda sanoat, banklar, transport davlat ixtiyoriga olindi, yer islohoti oʻtkazildi. Kompartiyaning bir partiyali rejimi keng miqyosda ijtimoiy norozilikka sabab boʻldi. 1956 yil okt.dagi xalq isyonida demokratik erkinliklar berilishi talab qilindi. Shoʻro qurolli kuchlari bu isyonni shafqatsizlarcha bostirdi. Varshava shartnomasidan chiqmoqchi ekanini eʼlon qilgan I. Nad huqumati qamoqqa olindi. Shundan keyingi yillarda Ya. Kadar boshchiligidagi mamlakat rahbariyati mafkuraviy murosa va xoʻjalik islohoti oʻtkazish yoʻli bilan Mojariston sotsialistik ishchi partiyasining mavqeini mustahkamlashga urindi. 1989 yil da 1949 yil gi konstitutsiya oʻzgartirilib, V.Mojariston demokratik huquqiy davlat deb eʼlon qilindi. 1989 yil 18 okt.da mamlakat V.Mojariston Respublikasi deb ataldi. V.Mojariston 1955 yildan [[Birlashgan millatlar tashkiloti|BMT]] aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 3 martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 15 mart — 1848—49 yil burjua inqilobining boshlanishi; 20 avg .avgustV.Mojariston davlati asoschisi Avliyo Ishtvan kuni; 23 okt.—1956oktabr—1956 yil inqilob va ozodlik kurashi boshlangan kun va 1989 yil V.Mojariston Respublikasi eʼlon qilingan kun.
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
V.Mojariston ishchi partiyasi (1918 yilda asos solingan V.Mojariston Komunistik partiyasining vorisi, 1948 yildan V.Mojariston mehnatkashlar partiyasi deb atalgan. 1989 yil 7 okt.dagi 14-sʼezdda partiya faoliyatini toʻxtatish va uning negizida sotsialistik ishchi partiyasini tuzishga qaror qilindi. Bu partiya 1993 yil martidan V.Mojariston ishchi partiyasi deb ataladigan boʻldi), V.Mojariston sotsialistik partiyasi (1989 yilda tashkil etilgan), V.Mojariston demokratik forumi (siyosiy tashkilot sifatida 1987 yilda tuzilgan), Erkin demokratlar ittifoqi (1988 yil da asos solingan va siyosiy partiya tarikasida 1989 yilda shakllangan). Kasaba uyushmalari: Mustaqil kasaba uyushmalari demokratik ligasi (1988 yilda mustaqil kasaba uyushmalarini birlashtirish maqsadida tuzilgan), V.Mojariston kasaba uyushmalari federatsiyasi (Umumvengriya kasaba uyushmalari negizida barpo etilgan; Taʼsis sʼezdi 1990 yilda boʻlgan).
 
== Xoʻjaligi ==
V.Mojariston — industrial-agrar mamlakat. Sanoati ilgʻor texnika bilan qurollangan, qishloq xo'jaligi yuksak darajada rivojlangan. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35,5%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 12%.
 
Sanoati ning yetakchi tarmoklari: mashinasozlik, qora va rangli metalurgiya, elektronika, oziq-ovqat, mebel va yengil sanoat. Yoqilgʻi-energetika balansida koʻmir asosiy oʻrin egallaydi (Tatabanya, Oroslan, Borshod, Mechek va b. konlar). Neft va tabiiy gaz qazib olish rivojlangan. Elektr energiya asosan issiqpik elektr stansiyalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 32,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Qora metallurgiya asosan chetdan keltiriladigan ruda va koks asosida ishlaydi. Bu tarmoqning asosiy markazlari: Mishkols, Ozd va Dunayvarosh. Boksit-alyuminiy sanoati hal qiluvchi ahamiyatga ega (Almashfyuzit, Ayka, Tatabanya, Inot, Nirad-Deaki va b.). Mashinasozlikning asosiy tarmoqlari — elektr texnika, priborsozlik, aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, tibbiyot asbob-uskunalari i.ch., shuningdek transport vositalari, ayniqsa kemasozlik, t.y. vagonlari, avtobus i. ch. ("Ikarus" z-dlari) rivojlangan. Metall qirqish stanoklari, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, q.x. mashinalari, yoritish priborlari ham ishlab chiqariladi. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Budapesht, Dyor, Mishkols, Sekeshfexervar va Debresen. Farmatsevtika korxonalari Budapesht va Debresenda joylashgan. Kimyo sanoati (maʼdanli oʻgʻitlar, organik sintez mahsulotlari i.ch.) muhim ahamiyatga ega. Yengil sanoat tarmoqlari orasida toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal i.ch. (Budapesht, Dyor, Seged, Pech va b. shaharlarda), oziq-ovqat sanoati (vinochilik, meva-sabzavot konserva, un tortish, qand-shakar, goʻsht sanoati va b.) rivojlangan.
Qator 32:
 
== Transporti ==
T.Temir y.yo'l va avtomobil transporti V.Mojariston transportining asosini tashkil kiladi. T.Temir y.larningyo'llarning uz. — 7752 km (2277 km elektrlashtirilgan), avtomobil yoʻllarining uz. —30 ming km dan ortiq, ichki suv yoʻllarining uz. 1,6 ming km ni tashkil etadi. Dunay daryosida kemalar katnaydi; u kanal orqali Balaton koʻli bilan tutashtirilgan. Asosiy porti — Budapesht sh.
 
V.Mojariston chetga asosan mashinalar va asbobuskunalar, ximikatlar, elektr ashyolari, boksit, dori-darmon, kiyim-kechak, q. x. va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, yengil va yuk avtomobillari, traktorlar, don kombaynlari, maʼdanli oʻgʻitlar va b. sotib oladi. Chet el sayyohligi rivojlangan. V.Mojariston iktisodiyotiga xorijiy sarmoya jalb etish surʼatlari ancha yuqori. V.Mojaristonning ningtashqitashqi savdodagi mijozlari — Gʻarbiy va Sharqiy [[Yevropa]] mamlakatlari. Pul birligi — forint.
 
Tibbiy xizmatga Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlik qiladi. V. daMojaristonda 90 mingdan ortiq oʻrinli kasalxonalar bor; 30 mingga yaqin shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi. Shifokorlarni Budapesht, Seged, Pech, Debresendagi tibbiyot institutlari tayyorlaydi.
 
== Xalq maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari ==
Xalq maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. V. daMojaristonda 8 yillik majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etilgan. Davlatga, cherkovga karashli, xususiy oʻrta oʻquv yurtlari bor. V. daMojaristonda 887 oʻrta maxsus oʻquv yurti va 91 oliy oʻquv yurti hamda kollejlar ishlaydi. Budapesht universiteti V. dagiMojaristondagi eng yirik oliy oʻquv yurtidir. Pech sh.dagi universitet (1367 yil tashkil etilgan) ham mamlakatdagi eng qad. oʻquv yurtlaridan. V. daMojaristonda Mojariston Fanlar akademiyasi, geol., zootexnika, farmakokimyo va boshqa i. t. institutlari bor. Yirik kutubxonalari: Davlat kutubxonasi, Budapesht universiteti, parlament kutubxonalari. V. daMojaristonda Milliy muzey (1802 yil tashkil etilgan), Milliy galereya, Tasviriy sanʼ-at, tabiiyot-tarix, ilmiy-texnologiya (hammasi Budapesht sh.da), Shopron sh.da Ferens List, Sekeshfexervarda qirol Ishtvan muzeylari mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. V. daMojaristonda bir qancha gaz.gazeta va jur. larjurnallar nashr etiladi. Eng yiriklari: "Deyli nyus" ("Kundalik yangiliklar", ingliz va olmon tillaridagi kundalik gaz., 1979 yildan), "Kurir" (mustaqil kundalik gaz., 1990 yildan), "Madyar nemzet" ("Mojar millati", kundalik siyosiy gaz., 1938 yil dan), "Madyar xirlap" ("Mojar gazetasi", kundalik siyosiy gaz., 1968 i. dan), "Nepsabadshag" ("Xalq erki", kundalik gaz., 1942 yil dan), "Nepsava" ("Xalq soʻzi", kundalik gaz., 1873 yil dan), "Sabadshag" ("Ozodlik", haftalik gaz., 1990 yil dan), "Kortarsh" ("Zamondosh", oylik adabiy jur., 1957 yildan), "Madyar shayto" ("Mojariston matbuoti", oylik jur., 1960 yildan), "May magazin" ("Zamonaviy jurnal", oylik jur., 1981 yildan). V.Mojariston telegraf agentligi (MTI) 1880 yilda, V.Mojariston radiosi 1924 yilda, V.Mojariston televideniyesi 1957 yilda tashkil etilgan.
 
== Adabiyoti ==
Adabiyotining tarixi xalq ogʻzaki ijodidan boshlanadi. Uning ayrim parchalari oʻrta asrlarga oid lotin tilidagi risolalarda saqlanib qolgan. Nomaʼlum muallifnimg "Mojarlarning ishlari" risolasi shu jumladandir. Mojar tilidagi dastlabki yozma adabiyot obidalari — "Qabr ustidagi vaʼz", "Assizlik Fransiskning sarguzashti" asarlari 13—14-asr largaasrlarga mansub. Ya.Yaus Pannonius va B.Balint Balashshi 15— 16-asr lardaasrlarda lirik sheʼrlari bilan mashhur boʻldilar. Turklar zulmiga qarshi mustaqillik yoʻlidagi kurashga bagʻishlangan asarlar milliy adabiy tilning shakllanishiga barakali taʼsir qildi. M. Zrinining "Siget falokati" epik dostonida milliy birlik gʻoyasi madh etildi. M. Dyondyoshining epik asarlari 17-asr mojar klassitsizmining namunasidir. 18-asr da maʼrifatchilik adabiyoti paydo boʻldi. Bu davrda "Agis", "Faylasuf", "Tarimenning sayohati" asarlarining muallifi D. Beshshenei, demokratik ruhdagi "Doroteya" hajviy eposi bilan shuhrat qozongan M. Chokonai-Vitez ijodi muhim. Y. Katoni, M. Vyoryoshmarti, milliy madhiya matnining muallifi F. Kyolchei romantik asarlari bilan tanildi. 19-asr ning 40y. larida adabiyotda realizm kurtaklari koʻrina boshladi. Y. Etvyosh "Qishloq notariusi", "1514 yilda Mojariston" romanlarida eski feodal tartiblarini tanqid qildi, Doji boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻolonini aks ettirdi. "Pahlavon Yanosh", "Milliy qoʻshiq" epik dostonlarining muallifi Shandor Petyofi mojar sheʼriyatini xalqchillik, demokratizm, realizm goyalari bilan boyitdi. Petyofi sheʼriyati 1848—49 i. lar inqilobida zoʻr ahamiyat kasb etdi. Bu davrda Ya. Aranning Toldi haqidagi poemalar trilogiyasi ("Toldi", "Toldi kechasi", "Toldining muhabbati") va qator sheʼrlarida dehqonlarning feodal tuzumga qarshi noroziliklari ifodalandi.
 
Mojar adabiyotiga shoir E. Adi katta hissa qoʻshdi. Uning "Mojar dashtida", "Mojar yakobinchisi qoʻshigʻi", "Dyord Doji nevarasi", "Jangovar yoʻl" kabi asarlari jamiyatni qayta qurish ruhi bilan sugʻorilgan. 1- va 2-jahon urushlari orasidagi davrda mojar inqilobiy lirikasining yirik vakili A. Yojef asarlari keng tarqaldi. Ispan milliy ozodlik kurashida general Lukach nomi bilan shuhrat qozongan yozuvchi Mate Zalka qator asarlarida, shuningdek "Doberdo" romanida ozodlik yoʻlidagi kurashchilar obrazini yaratdi, mehnatkashlar ongining uygʻonishini haqqoniy tasvirladi. V.Mojariston adabiyotining yirik vakillari L. Meshterxazi, A. Berkeshi, I. Dobozi, L. Erdyosh asarlari yangi insonning shakllanishi masalalariga bagʻishlangan. Tanikli shoirlardan D. Iyesh, I. Shimon, G. Garai lirik asarlari, Y. Darvashning "Badmast yomgʻir" romani va D. Fekyotning "Vrach oʻlimi", F. Shantining "Soat yigirma", I. Erkenning "Totovlar xonadoni" qissalari ijtimoiy mavzuning chuqur tahlil etilishi, ruhiy holat tasvirining teran falsafiyligi bilan V.Mojariston adabiyotida alohida oʻrin oladi.
 
== Meʼmorligi ==
V.Mojariston hududida paleolit va neolit davrlariga oid manzilgoxlarning qoldiqlari, skif-sarmat va antik madaniyatlarning yodgorliklari topilgan. Milodning dastlabki asrlariga mansub Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. 11—12-asr lardaasrlarda Pech, Estergomda meʼmorlik maktablari vujudga keldi. 11 —13-asr lardaasrlarda roman va gotika uslubidagi qoʻrgʻonlar, qasrlar va turar joylar qurildi. 15-asr ning 2-yarmidan Uygʻonish davri tamoyillari vujudga kela boshladi. 17-asr oxirlarida avstriyaliklar taʼsirida barokko uslubi yoyildi. 19-asr da klassitsizm uslubi tarkib topdi. 19-asr oxirida Budapeshtni qurish avj oldi (parlament binosi, opera teatri va b.). 19—20-asr boʻsagʻasida mojar "moderni" meʼmorligida xalq meʼmorligi usullaridan foydalanildi. 20-asr oʻrtalaridagi V.Mojariston meʼmorlari salobatli sanoat, turar joy, maʼmuriy binolar barpo etishga kirishdilar. Komlo, Varianati, Budapesht sh. larida jahonning eng kurkam meʼmoriy majmualari barpo etildi. Budapeshtdagi markaziy stadion (meʼmor K. David vab.), binokorlik sanoati kasaba uyushmasi xodimlari uyi (meʼmor L. Gardorash va b.), Dunay daryosiga qurilgan Erjebet koʻprigi (meʼmor P. Shali), Balaton koʻli boʻyidagi mehmonxonalar va b.boshqalae binolar V.Mojariston meʼmorligining muvaffaqiyati boʻlib, industrial asosda barpo etilgan.
 
== Tasviriy sanʼati ==
V.Mojariston hududida sopol haykallar (neolit davri), kelt va skiflarning sanʼat yodgorliklari saqlanib qolgan. Rim davri manzilgohlarida turli rasmlar, haykalchalar, guldonlar topilgan. Oʻrta asrlardagi rassomlik, haykaltaroshlik (Avliyo Georgiyning otga minib turgan haykali, bronza, 14-asr, Marton va Derd Kolojvarlar ishlagan) hamda badiiy hunarmandlik buyumlari saqlangan. Uygʻonish davrida (15-asr oxirlari, 16-asr boshlari) V.Mojariston sanʼati yuksak bosqichga koʻtarildi. Oʻtmish anʼanalari turklar hukmronligi davrida ham mahalliy tusda davom etdi. Bu narsa yozma kitoblarni bezashda, amaliy-bezak sanʼatida namoyon boʻldi. 17-asr oxiri, 18-asr boshlarida barokko uslubidagi portret rassomligi rivojlandi (A. Manoki). 19-asr da portret (M. Barabash), manzara (ota-bola Markolar), rassomlik, haykaltaroshlik (I. Ferensi), suratkashlik (M. Zichi) rivojlandi. 1848—49 yillardagi inqilobdan keyin ozodlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan tarixiy kartinalar yaratildi (V. Madaras, B. Sekey). Mashhur rassom M. Munkachi esa ijtimoiy hayotni ifodalovchi chuqur gʻoyali kartinalar yaratdi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida I. Reves, A. Fenesh, Ya. Tornyai, K. Kerishtok, D. Rudnai kabi rassomlar mojar rassomligi anʼanalarini davom ettirdilar. M. Ijo, A. Shtrobl kabi haykaltaroshlar realistik asarlar yaratdilar. Shu davr V.Mojariston sanʼatida Sh. Xolloshi asos solgan Nadban realistik rassomlik maktabi katta rol oʻynadi. V. ningMojaristonning 20—30-yillar sanʼatida Dyula Derkovich va Ishtvan Deshi-Xuber kabi mashhur rassomlar ijod qildilar. Fashizm tartibi oʻrnatilgandan keyin koʻpgina taraqqiyparvar rassomlar chet ellarda ishladilar, mamlakatda qolganlari ijtimoiy oʻtkir taʼsirchan asarlar yaratdilar. Rassomlardan Bertalan Por, Aurel Bernat, Ishtvan Syoni, haykaltaroshlardan Beni Ferensi, Jigmond Kishfaludi-Shtrobl, Yojef Shomodi, Tamash Viga, Dyord Shegeshdi, Ferens Kovach va b. Mojariston tasviriy sanʼatini boyitdilar. V. daMojaristonda amaliy sanʼat ham qad. anʼanalarga ega; Noemi Ferens yaratgan gobelenlar, Margit Kovach yaratgan sopol buyumlar eʼtiborli.
 
== Musiqasi ==
Mojar xalq qoʻshiqlari bir ovozlidir; qad. ohanglari esa mari,udmurt, chuvash kuylarini eslatadi. Igrits deb ataluvchi mojar xalq baxshidostonchilari haqidagi dastlabki maʼlumot Yu-asrga taalluqli. Xristianlik rasmiy din boʻlib qolgach (10-asr), Grigoriyem xoralining taʼsiri kuchaydi. Professional V.Mojariston musiqasi (13-asr danasrdan) zodagonlar orasida ravnaq topdi. Unda Gʻarbiy Yevropa musiqasi bilan mojar xalq musiqa ohanglari qoʻshildi. 16-asr da lyutnya ijrochisi va xonanda Sh. Tinodining tarixiy mavzudagi dastlabki dunyoviy qoʻshiklari, B. Bakfarq kabi sozandakompozitorlarning cholgʻu asarlari nashr etildi. 17—18-asrasrlarda larda V.Mojariston zodagonlarining koʻpchiligi oʻzlarining xor hamda cholgʻu kapellalari bilan nom chiqarishdi.
 
18-asr oxiridan cholgʻu musiqasining yangi raqsbop janri — verbunkosh taraqqiy etdi. Uning shaklanishida V.Mojariston loʻli sozandalari katta rol oʻynadi. Keyinchalik milliy musiqaning asosiy uslubi darajasiga koʻtarllgan verbunkosh barcha janrlarga taʼsir qildi. Kompozitor Y. Ruzichka shu uslub zaminida birinchi V.Mojariston operasi ("Belaning qochishi", 1822) ni yozdi. Oʻz ijodida verbunkosh bilan Italiya operanavislik tajribasini qoʻshgan 19-asr atoqli kompozitori F. Erkel "Bank ban", "Laslo Xunyadi", "Dyord Doja" singari milliy ozodlik harakati ruhidagi operalarni yaratdi. Verbunkosh ohanglari Gaydn, Motsart. Betxoven, Shubert, Brams, Berlioz, List singari kompozitorlarni ilhomlantirdi. 1834 yilda dastlabki Milliy musiqa maktabi tashkil topdi. Shuning zaminida F. List Musiqa akademiyasini barpo qildi (1918 yildan List nomidagi Oliy musiqa sanʼati maktabiga aylangan). Peshtda opera teatri (1837), Milliy konservatoriya (1840, keyinchalik oliy musiqa maktabi deb iomlangan) barpo boʻldi. 1853 yil [[Filarmoniya]] jamiyati tashkil topdi. Mashhur pianinochi, kompozitor F. List faoliyati 19-asr V.Mojariston musiqa taraqqiyotida katta rol oʻynadi. B. Bartok, Z. Koday singari kompozitor va musiqashunoslar xalq ijodi asarlarini oʻrganib, V.Mojariston musiqa madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshdilar. 20-asrda F. Legar, I. Kalman, V. Yakobi operettalari olamga mashhur boʻldi. V.Mojariston musiqasi taraqqiyotida A. Mixay, P. Kadosha, R. Marosh, E. Servanski, F. Farqash, D. Ranki. P. Yardani, Sh. Sokolai, J. Durko singari kompozitor va musiqashunoslarning xizmatlari katta.
 
== Teatri ==
Teatr kurtaklari 9-asrdagi koʻchmanchi mojarlarning uyinlari va marosimlariga borib taqaladi. Qiziqchimasharabozlar va baxshilar oʻziga xos xalq madaniyatining namoyandalari edi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida maktab teatrlari rayem boʻldi. 18-asr boshida saroy teatr truppalari yuzaga keldi. 1790 yilda birinchi professional teatr tashkil qilindi. 1837 yilda Peshtda "Peshti madyar sinxaz" (Pesti Magyar Színház) nomli doimiy teatr (1840 yildan Mojar milliy teatri) ochildi. V.Mojariston teatrining shakllanishida aktyorlardan M.’Lendvai, G. Egreshshi, R. Laborfalvi, M. Yasai, rejissyor E. Paulai katta rol oʻynadilar. 19-asr oxirida yana bir qator viloyatlarda teatrlar tashkil etildi. 1-va 2- jahon urushi orasida V.Mojariston teatri chuqur tushkunlikka uchradi. Urushdan keyin yangi teatrlar ishga tushirildi: Budapeshtda Sh. Petyofi nomidagi teatr, M. Yokai nomidagi teatr, Seged, Pech va b.boshqalar shaharlardagi teatrlar. Rejissyor lardan T. Mayor, E. Gellert, K. Kazimir, L. Vamosh, aktorlardan G. Bayor, K. Tolnai, A. Shomlai, M. Gabor, É. Rutkai, L. Bashti mashhur.
 
1925 yilda Budapeshtda turgʻun operetta teatri (1949 yildan Milliy teatr) tashkil qilindi. Balet sanʼati 19-asr oxirida paydo boʻlib, 20-asr boshida rivojlandi. Budapeshtdagi Milliy teatr qoshida balet maktabi bor. V. daMojaristonda estrada, qoʻgʻirchoq teatri, sirk va sirk maktabi ham mavjud.
 
== Kinosi ==
19-asr oxirida dastlabki xronika filmlari suratga olina boshladi. 1896 i. Budapeshtda birinchi kinoteatr ochildi. 1901 yilda mojar filmi "Rake" (rejissyor B. Jitkovskiy) yaratildi. Shu filmdan ilmiy-ommabop kino tarixi boshlangan. 1912 yil 14 okt.da milliy badiiy kinematografiya yuzaga keldi. 1912 yildan V.Mojariston filmlari muntazam suratda ishlab chiqarila boshladi. Keyingi yillarda V. daMojaristonda yaratilgan filmlar haqqoniyligi, jiddiy masalalarni koʻtarib chiqqanligi bilan ajralib turadi. V.Mojariston kinematografiya ilmiy tadqiqot instituti (1956), Teatr va kino instituti bor. V. daMojaristonda ishlab chiqarilgan koʻpgina badiiy va qisqa metrajli filmlar xalqaro kinofestivallarda mukofotlangan. 60—80-yillardagi eng yaxshi filmlar: "20 soat" (rejissyor Z. Fabri), "Ota" (rejissyor I. Sabo), "Noumid" (rejissyor M. Yancho), "Fotosurat" (rejissyor P. Zolnai) va b. I. Pechi, K. Tolnai, M. Gabor, L. Bashti, Ye. Rutkai kabilar V.Mojariston kinosining mashhur aktyorlaridir.
 
==Oʻzbekiston — Mojariston munosabatlari==