Gazeta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 21:
OʻzR ning yuridik va jismoniy shaxslari "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida"gi qonun (1997)ga binoan G.lar taʼsis etish huquqiga ega boʻldi. Oʻzbekistonda tur va xil jihatdan farqlanuvchi keng tarmoqli G.lar tizimi tarkib topdi. Ayni paytda OʻzR da 507 nomda (shundan 77 tasi respublika, 162 tasi viloyat, 176 tasi tuman, 45 tasi koʻp nusxali) G.lar nashr etiladi. Bularning bir galgi oʻrtacha umumiy adadi qariyb 2,1 mln. nusxadan iborat (2001).
 
G.lar oʻzbek, rus, qozoq, tojik, qoraqalpoq, koreys, ingliz va b. tillarda chiqadi. Oʻzbekistonning yetakchi G.si— "Xalk soʻzi" va "Narodnoye slovo" Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Respublika Vazirlar Mahkamasining nashridir. Bu G.lar haftasiga 5 marta chop etiladi. Oʻzbekistondagi oshkoralik va demokratiya muhitida yuzaga kelgan yangi partiyalar ham oʻz G.larini nashr eta boshladilar (q.qarang "Oʻzbekiston ovozi", "Milliy tiklanish", "Adolat", "Fidokor"). Bundan tashqari turli hukumat idoralari, xalq harakatlari, uyushmalar, jamgʻarmalar muassisligida nashr etilayotgan G.lar ("Birlik—Yedinstvo", "Xurriyat", "Oʻzbekistan adabiyoti va sanati", "Mulkdor", "Mening mulkim" — "Chastnaya sobstvennost", "Sogʻlom avlod", "Savdogar" va b.) ham chiqadi.
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida koʻplab reklama-tijorat, xususiy G.lar paydo boʻldi. "Darakchi", "Tasvir", "Biznesvestnik Vostoka", "EKO", "Sado", "7x7", "Zakovat", "Vostochnie vesti", "Qizilqum" kabi G.lar shular jumlasidandir. Ularning bir galgi adadi 30 mingdan 250 minggacha nusxani, hajmlari 48—64 sahifani ("Biznes-vestnik Vostoka", "Solikdar va bojxona xabarnomasi") tashkil qiladi (yana Q. Matbuot, Jurnalistika ).