Natriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: N. → {{subst:FULLPAGENAME}} (18) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 10:
Natriy (oʻzi yoki qotishmasi) aviatsiya dvigatellarida, yadro reaktorlarida, maxsus yoritkichlarda, metallurgiyada (qay-taruvchi sifatida va qotishmalar olishda) va tetraetilqoʻrgʻoshin olishda, birikmalari tibbiyotda kasalliklarni davolashda, qishloq xoʻjaligida oʻgʻit sifatida ishlatiladi.
 
Natriy birikmalari. Natriy bikarbonat, ichimlik soda — NaHCO3 rangsiz monoklin panjarali kristall modda, zichligi 2,16—2,22 g/sm³. Kizdirilganda 50° dayoq oʻzidan karbonat angidrid SO2 ni chiqara boshlaydi. 100—150° da butunlay parchalanib, natriy karbonat Na2CO3 ga aylanadi. Suvda 20° da 8,8%, 60° da 14,1% eriydi. Natriy karbonatga SO2 taʼsir ettirib olinadi. Oziq-ovqat sanoatida, tibbiyotda va oʻt oʻchiruvchi modda sifatida ishlatiladi (q.qarang [[Soda]]).
 
Natriy bromid, NaBr — bromid kislota (NVg)ning natriyli tuzi. Rangsiz gigroskopik kristall modda, zichligi 3,20 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 747°, kaynash temperaturasi 1390°. Suvda yaxshi eriydi, 30° dan past temperaturada NaBr-2H2O holida kristallanadi. NaOH eritmasi Vg taʼsir ettirib olinadi. Optik material sifatida, tibbiyotda va fo-tografiyada ishlatiladi.