Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Yil''' — vaqt oʻlchov birligi: [[Yer|Yerning]] [[Quyosh]] atrofida bir marta toʻla aylanib chiqadigan vaqtga yaqin. Uning davomiyligiga olimlar qadimdan qiziqqanlar. Qad. Xitoy va Misrda Yil ancha aniq hisoblangan. Yunon olimi Gipparx mil. av. 2-asrda Yil "1/300 kuni kam 365 1/4 kun" ekanligini aniqlagan. Bu esa hozirgidan farq qiladi (q.qarang [[Kabisa yil]]). Hoz. vaqtda turli Yil tushunchalari qoʻllaniladi. Mac, Quyoshning koʻrinma harakatida uning yulduzlarga nisbatan ketma-ket 2 marta bir xil vaziyatni egallashi orasida oʻtgan davr yulduz Y.i (siderik Y.) deyiladi; uning davomiyligi 365,256360 oʻrtacha sutkaga teng . Quyoshning bahorgi teng kunlik nuqtasidan ketma-ket 2 marta oʻtishi orasidagi davr tropik Yil deyiladi, u 365,242196 oʻrtacha sutkaga teng . Bundan tashqari, anomalistik Yil — Quyoshning perigeliydan ketma-ket 2 marta oʻtish orasidagi davr (365,259641 oʻrtacha sutka), ajdar Yil — Quyoshning Oy orbitasi tugunlarining biridan (koʻtariluvchi yoki pasayuvchi) ketma-ket ikki marta oʻtishi orasidagi davr (346,620047 oʻrtacha sutka) va boshqa Yil hisoblari mavjud. Shuningdek, Yilning fasl, oylarga boʻlinishi va davomiyligiga qarab hijriy- qamariy, hijriy-shamsiy Y. hisoblari va h.k. mavjud (q.qarang [[Kalendar]]). <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
== Yil oylari ==