Kushon podsholigi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q. x. → qishloq xoʻjaligi, 0 y. → 0 yil (3), mil. av. → miloddan avvalgi (2), -a.lar → -asrlar (6), mil. 1 → milodiy 1 (5) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 119:
Kushon podsholigi davrida urushlarning tez-tez boʻlib turishi natijasida mamlakatda harbiy asir-qullar miqdori oshib borgan. Xitoy va Parfiya bilan kurash olib borayotgan Kushon podsholigi Yaqin Sharkda hukmron boʻlish uchun Parfiya bilan urushayotgan Rimning ittifoqchisi edi. Biroq savdo manfaatlari bu davlatlarni oʻzaro yaqinlashtirgan. "Buyuk ipak yoʻli" boʻylab xalqaro savdoning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Sharkda — Sharqiy Turkistonning qoʻshib olingan shaharlar—vohalari orqali Xitoy bilan, jan.da — kushonlarga tobe Shim. Hindiston bilan, gʻarbda — dengiz yoʻli bilan, Misr orqali yoki quruqlikdagi yoʻl bilan Eron orqali Oʻrta dengiz havzasidagi Rim imperiyasi shaharlari bilan, shim.da Xorazm va Uralboʻyi orqali Sharqiy Yevropa bilan savdo qilingan. Jan. Oʻzbekistondan kushonlar davriga oid yuzdan oshiq shahar va qishloq harobalarianiqlangan. Bu davrda shahar va qishloq oʻzaro mustahkam aloqada boʻlgan: har bir shahar atrofida koʻplab mayda qishloqlar joylashgan.
 
Kushon podsholigi siyosiy hokimiyat ruhoniylar qoʻlida boʻlgan davlat boʻlib, unda podsho dunyoviy rahbar boʻlish bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat satraplik (q.qarang [[Satrapiya]]) larga boʻlingan boʻlib, ularning satrapparn ayrim erkinliklarga ega edi. Kushon podsholigi quldorlik davlati boʻlsada, unda qishloq jamoasi muhim oʻrin tutgan. Kushon podsholari mamlakatda keng koʻlamda dinlararo murosasozlik siyosatini yurgizgan: aholi, asosan, buddizmnmng mahayana mazhabiga eʼtiqod qilgan, shuningdek, mamlakatda zardushtiylik, otashparastlik, hinduizm kabi koʻplab boshqa dinlar ham boʻlgan. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo keng taraqqiy etgan. Pul tizimida koʻproqoltin va mis tangalar qoʻllanilgan. Dehqonchilik, xususan, sugʻorma dehqonchilik rivojlangan, qishloq xoʻjaligi ekinlarining koʻpchilik turi ekilgan. Milodiy 3-asrning 1-yarmi yoki oʻrtalarida Kushon podsholigi barham topgan. Baqgriya — Tohariston maxsus mulk sifatida Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Uni kushonshoh unvonli sosoniylar xonadoni vakillari idora qilgan.
 
== Madaniyati ==