Aholi — versiyalar orasidagi farq

qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
k (kichik o'zgarishlar, replaced: [[File: → [[Fayl: (2))
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5))
 
== Aholisi koʻp davlatlar ==
Aholiga xos eng muhim koʻrsatkichlardan biri, uning joylanishi hisoblanadi. aholi joylashuvini ifodalovchi eng oddiy mezon — Aholi zichligidir. Yer kurrasi Aholisining oʻrtacha zichligi [[1996-yil]]da 1&nbsp;km<sup>2</sup> ga 39 kishi boʻldi. Aholisoni boʻyicha eng yirik davlatlar: Xitoy 1179,5 mln. kishi, Hindiston 896,6 mln. kishi, AQSh 258,2 mln. kishi, Indoneziya 188,2 mln. kishi, [[Braziliya]] 156,5 mln. kishi, [[Rossiya]] 148 mln. kishi (1993). 90-yillarning boshida dunyo aholisi yiliga taxminan. 90 mln. kishiga koʻpaygan. Aholining geografik taqsimlanishi notekis: quruqlikning 7 % da 70 % aholi yashaydi. Doimiy aholi mavjud boʻlgan joylardagi (130 mln. km²) aholi zichligi salkam 45 kishini tashkil etdi. Lekin Yer kurrasida Aholi nihoyatda notekis joylashgan. Jumladan, Bangladeshda Aholi benihoya zich (1&nbsp;km² ga 800 kishidan ortiq), Mongoliyada esa oʻta siyrak (1&nbsp;km² ga 1,4 kishi) joylashgan. Aholi zichligi, uning joylashish xususiyatlariga ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan birga tabiiy-geografik sharoitlar (iqlim, relyef) ham jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Jahon Aholisining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi (q.qarang [[Shahar aholisi]], [[Qishloq aholisi]]). Shahar Aholisining salmogʻi uzluksiz tarzda koʻpaymokdAholi Bunda mexanik harakatning roli juda katta (maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlar va aholi migratsiyasi). Shahar aholisining ulushi Avstraliya va Okeaniya, Yevropa va Amerikada 70 % dan ziyod, Osiyo va Afrikada esa 30 %. Shahar Aholisining ulushi eng yuqori (80 % dan ortiq) boʻlgan mamlakatlar qatoriga Buyuk Britaniya, Avstraliya, Germaniya kabi mamlakatlar kiradi.
 
== Millatlar ==
6 807

ta tahrir