Dehqonchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 23:
Respublika qishloq xoʻjaligida Dehqonchilik yetakchi oʻrinda turadi, uning qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti hajmidagi hissasi 60—65%. Dehqonchilikda agrotexnikaning ilgʻor usullarini qoʻllash, ekinlarning hosildor navlarini yaratish, navlarni muttasil yangilash va nav almashtirish, oʻgʻitlardan samarali foydalanish, oʻsimliklar himoyasi xizmatini yoʻlga qoʻyish, ekin maydonlari tarkiblarini oʻzgartirish tufayli yuqori natijalarga erishildi. Dehqonchilikda gʻoʻza maydonlari qisqartirildi, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash uchun respublikada don ekinlari maydoni koʻpaytirildi va respublikaning gʻalla mustaqilligi taʼminlandi. 2000 y.da jami toifadagi xoʻjaliklarda ekin ekilgan maydonlar 3774,9 ming ga ni tashkil qildi. Ekin maydonlari tarkibida don ekinlari — 42,7, gʻoʻza — 38,2, sabzavot — 3,4, kartoshka — 1,4, yem-xashak ekinlari — 11,3, poliz ekinlari — 0,9% tashkil etdi. Respublika dehqonchiligida texnika ekinlari (gʻoʻza, tamaki, qand lavlagi), don ekinlari (bugdoy, sholi, arpa, makkajoʻxori, dukkakli don ekinlari), sabzavot-kartoshka, poliz ekinlari, yem-xashak ekinlari, bogʻdorchilik oʻz ahamiyatiga koʻra yetakchi oʻrinlarda turadi. Respublikada 2000 y.da (ming t) paxta — 3001,8, don — 3915,7, shu jumladan bugʻdoy — 3521,7, sholi — 154,8, makkajoʻxori doni — 131,4, kartoshka — 729,8, sabzavotlar — 2637,3, poliz mahsulotlari — 457,3, meva va rezavor meva — 796,9, uzum — 625,4 yetishtirildi.
 
Dehqonchilik madaniyatini ogʻishmay oshira borish, fan yutuklarini va ilgʻor tajribalarini keng joriy etish natijasida Oʻzbekistonning koʻpgina ilgʻor xoʻjaliklarida paxta hosildorligi gektariga 35—45 s, boshokli don ekinlari 50—70 s, sholi 60—70 s, kartoshka 250—300 s, poliz ekinlari 300—400 s, makkajoʻxori doni hosil-dorligi 80—100 s ga yetdi (q.qarang [[Lalmikorlik]], [[Sugʻorma dehqonchilik]]);2) qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish va tuproq unumdorligini oshirishning umumiy usullarini oʻrganadigan fan (agronomiyaning boʻlimi). Dehqonchilik fan sifatida yuqori va barqaror hosildorlikni taʼminlash uchun tuproqqa hamda ekinga taʼsir koʻrsatishning turli usullarini, xususan, tuproqning oʻsimlik oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni taʼminlaydigan suv, ozuqa, havo va harorat rejimini boshqarish, ilmiy asoslangan Dehqonchilik tizimlarini va eng maqbul almashlab ekishni, shuningdek, hosildorlikni pasaytiradigan sal-biy omillar (qurgʻoqchilik, garmsel, tuproq eroziyasi, begona oʻtlar va boshqa)ni bartaraf etish yoki ularning taʼsirini kamaytirish usullarini oʻrganadi va ishlab chiqadi. D. tuproqshunoslik, agrofizika, agrokimyo, seleksiya, urugʻchilik, kishlok xoʻjaligi fi-topatologiyasi, entomologiya, melioratsiya, meteorologiya, yer tuzish va boshqa bilan chambarchas bogʻliq. Dehqonchilikka oid ilmiy tadqiqot ishlari ilmiy tadqiqot muassasalari, tajriba styalari, tajriba dalalari va tayanch punkt larida, qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlarining tajriba dalalarida olib boriladi (yana q. [[Oʻsimlikshunoslik]]).
 
== Adabiyot ==