Suv resurslari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Suv resurslari''' - foydalanish uchun yaroqli boʻlgan yer usti, yer osti suvlari va tuprokdagi nam zaxiralari. Sr. asriy (yer usti katlamlari, Qutb va baland togʻ muzliklari, yirik koʻllar va shu kabida toʻplangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (dare oqimlari, yer osti suvlarining oʻzgaruvchan va dinamik zaxiralari, koʻllar hajmining bir qismi va boshqalar) turlarga boʻlinadi. Suv resurslari denganda suv obʼyektlari — dare, kul, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xoʻjaligi, dam olish, turizm va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Gidrosferadagi turgʻun suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning fakat salkam 1% dan kishilar foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida. Daryolar, oqar koʻllar va koʻpchilik yer osti suvlari ham chuchuk. Yerning Dunyo okeani, yer osti suvlari, muzliklar, tuprokdagi nam, dare (oʻzan) suvlari, atmosfera bugʻlari— gidrosferada, ayrim hisobkitoblarga koʻra, 1454 327,2 ming km³ turgʻun Suv resurslari bor. Nazariy jihatdan Suv resurslari bitmastuganmas, chunki bu resurslardan oqilona foydalanilganda Suv resurslari aylanibyangilanib turadi. Pekin koʻpgina mamlakatlarda Suv resurslari dan qishloq xoʻjaligi., sanoat, kommunal xujaligi va boshqa maqsadlarda foydalanishning ortishi hamda turli omillar taʼsirida, birinchi navbatda ishlatiladigan iflos suvlarni tozalamay dare va koʻllarga oqizilishidan suv manbalarining ifloslanishi natijasida 20-asr oxiriga kelib insoniyat oldida suv takchilligi muammosi paydo boʻldi. BMT tomonidan kelajakda insoniyatni chuchuk suv bilan taʼminlash muammolariga bagʻishlangan Suv resurslari boʻyicha 3jahon forumi oʻtkazildi (2003, Yaponiya, Kioto), 2003 y. Xalqaro chuchuk suv yili deb eʼlon qilindi. Oʻrta Osiyoda Sr., asosan, dare oqimlari va yer osti suvlarining dinamik zaxiralari (tiklanadigan resurslar), shuningdek, toglardagi muzliklar va koʻllarning asriy suv zaxiralaridan tashkil topadi. Dare oqimlari togʻlarda mavsumiy qor qatlamlari, muzliklar va krrliklarning erishi, shuningdek, yogʻinlar natijasida hosil boʻladi. Togʻlardagi yer osti suvlari yukrridagi sanab oʻtilgan suv olish manbalari gʻisobiga vujudga keladi. Togʻ oldi va sugʻorma mintaqalarda yer osti suvlari, asosan, yer usti suvlari hisobiga toʻyinadi. Dare va yer osti suvlarining Suv resurslari oʻzaro bir-biriga bogʻliq. Yer osti suvlaridan juda katta miqdorda foydalanish dare oqimini kamaytirib yuboradi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida daryo suvlarining yillik resurslari 114 km³ ni, jumladan, Amudaryoda (Zarafshon va Qashqadaryo bilan birga) — 74,7 km³, Sirdaryoda — 39 km³, Tajan va Murgʻobda — 2,4 km³ ni tashkil etadi. Suv resurslari hududiy jihatdan notekis joylashgan boʻlib, togʻlarda hosil boʻlsada, keng tarmoqli sugʻorish kanallari yordamida, asosan, tekisliklarda foydalaniladi.
 
Suv resurslarining hududiy jihatdan notekisligi suv isteʼmolidagi tanqislikni vujudga keltiradi. Uni bartaraf etish uchun oqimning bir qismi mintaqadan boshqasiga qayta taqsimlanadi. Oqimni qayta taqsimlash Amudaryo (Qoraqum, AmuBuxoro, Katta Hisor, Qarshi kanallari va boshqalar) va Sirdaryo (Katta Fargʻona, Katta Andijon, Katta Namangan, Jan. Mirzachoʻl kanallari va boshqalar) havzalarida juda katta hajmda amalga oshirilgan (q.qarang [[Daryolarni havzalararo oqizish]], [[Davlat suv fondoʻ]]).
 
== Adabiyot ==