Iqlim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 11:
Oʻrta Osiyo hududining atmosfera dirkulyasiyasida arktika, moʻʼtadil va tropik havo oqimlari ishtirok etadi. Bu yerlarda yilning sovuq fasllarida moʻʼtadil mintaqa kontinental havo massalari ustunlik qiladi va, ayniqsa, siklon faoliyati jadallik bilan rivojlanadi. Bu esa qish faslining juda oʻzgaruvchan, odatda, seryomgʻir va koʻpincha, sovuq boʻlishiga olib keladi. Yilning sovuq boʻlmaydigan davrlarida Turon pasttekisligidagi choʻlning juda qizib ketishi tufayli past bosimli havo qatlami vujudga keladi. Bu yerga kirib kelayotgan havo oqimlari yer sirtidagi issiq toʻshamaning kuchli taʼsiriga duch keladi, ularda jadal oʻzgarishlar jarayoni yuz beradi. Natijada issiq va quruq Turon kontinental tropik havo oqimi vujudga keladi. Transformatsiya (havo oqimining oʻzgarishi) taʼsirida siklonli jarayonlar shu qadar sezilmaydigan dara-jada oʻtadiki, faqat temperatura qisman oʻzgaradi va bulutlar paydo boʻladi, nisbatan barqaror issiq va quruq obhavo vujudga keladi.
 
Oʻrta Osiyo hududidagi I.ning oʻziga xos xususiyati qurgʻoqchilikdir, bu esa hududning tabiiy namgarchilik maromi bilan bogʻliq. Namgarchilik maromining shakllanishida atmosfera yoginlarining ahamiyati katta. Yillik yogʻinning koʻproq qismi —30 —50% i bahorga, 30—35% i qishga va 15—20% i kuzga toʻgʻri keladi. Yoz oylarida yogʻingarchilik juda kam — yillik yogʻinning 5—10% ini, jan. hududlarda 2—3% ini tashki l qiladi. Yogʻinlarning fasllar boʻyicha notekis taqsimlanishi sovuq mavsumlarda siklon faoliyatining jadal rivojlanishi (ayniqsa, eng ser-yogʻin oylar —mart—apr.), yozda esa termik depressiya kuchayishi bilan bogʻliq. Yogʻinlar yildan-yilga oʻzgarib turadi, ayrim yillarda esa yogʻin oʻrtacha (koʻp yillik) yogʻinlar miqsoriga nisbatan 1,5—2 marta koʻproq (mas, 2002 yil bahorda Oʻzbekiston hududida shunday hol yuz berdi), qurgʻoqchilik yillarida esa 3—4 marta kam boʻladi. Yogʻingarchilikning oʻzgaruvchanligi, ayniqsa, quruq issiq oylarda kuchayadi, ayrim yillarda yozda yogʻingarchilik butunlay boʻlmay-di, ayrim yillarda esa bir necha kun ichida bir yillik yogʻin yogʻishi mumkin (q.qarang [[Atmosfera yogʻinlari]]).
 
I.ni hosil qiluvchi ikkilamchi omillar ham boʻlib, ular quyidagilardan iborat: a) faol qatlamning al-bedosi va b. xususiyatlarini oʻzgartirib yuboradigan quruklikdagi qor va muzliklar hamda dengizlardagi muzliklar; b) faol qatlamning suv oʻtka-zuvchanligi, issiklik sigʻimi, issiqlik oʻtkazuvchanligi, albedosi, gʻadir-budirligi, bugʻlatish qobiliyatini va b. xususiyatlarini oʻzgartirib yuboradigan oʻsimliklar (ayniqsa, oʻrmon) va tuproq qoplami.