Televizion stansiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.s. → {{subst:FULLPAGENAME}}, T.ye. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2), va b.) → va boshqalar) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Televizion stansiya''' - televizion eshittirishlarni tayyorlash va radiotoʻlqinlar yordamida uzatish uchun moʻljallangan qurilma va inshootlar majmui; televizion uzatish tarmogʻining asosiy boʻgʻini. Televizion stansiya televizion markaz (telemarkaz) deb ataladigan dasturli va retranslyatsion deb ataladigan uzatuvchi xillarga boʻlinadi. Telemarkaz — televizion dasturlar hosil qilinadigan televizion uzatuvchi tarmoqning boshlangʻich boʻgʻini. Telemarkazning asosiy texnik bazasi apparatstudiya majmui hisoblanadi. Unga texnik apparatlar, televideniye orqali kinofilmlar koʻrsatish, televizion dastur signallarini magnit lentaga yozib olish va uni namoyish qilish (q.qarang [[Videomagnitofon]]) jihozlari, shaharlararo aloqa liniyalari boʻyicha boshqa telemarkazlardan kelgan dasturlarni kundalik koʻrsatuvlarga kiritish apparatlari, shuningdek oʻz koʻrsatuvlarini boshqa telemarkazlarga uzatuvchi apparatlar, televizion studiya (telestudiya) kiradi.
 
Televizion studiya tovushdan izolyatsiya qilingan xonadan iborat. Studiya devorlari va shipi tovush yutuvchi materiallar bilan krplanadi va kondensirlangan havo bilan majburiy shamollatadigan tizim bilan taʼminlanadi. Televizion stansiya tarkibida muharrirlar va rejissyorlar, dastur tuzish, tayyorlash hamda uni koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar uchun xonalar boʻladi.