Kitob (shahar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 60:
'''Kitob''' — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Qashqadaryo bilan Okdaryo oraligʻidagi Shaqrisabz-Kitob botigida, oʻrtacha 685 m balandlikda joylashgan. Qarshi — Kitob temir yoʻl shoxobchasining oxirgi — Kitob st-yasidan 4 km, viloyat markazi — Qarshi shahridan 130 km. Aholisi 34,9 ming kishi (2000).
 
Shahar nomi forscha kift — yelka, ob — suv soʻzlaridan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. K. oʻrta asrlarda Gʻarb bilan Sharq mamlakatlarini birbiriga bogʻlagan yirik kar-von yoʻli yoqasida, Samarqand va Shahrisabz (Kesh)ga yaqin joylashganligi uchun yirik shaharga aylangan. Maydoni 40 ga, shahar arki 1 ga dan koʻproq joyni egallagan. Ark harobalari hozir Qalandartepa deb yuritiladi. Shahar devorining qalinligi 7,5 m. Bu devor taxmi-nan miloddan avvalgi 3-asrda qurilgan. Oʻtmishda K.ning jan.-gʻarbiy tomonida kulolchilik mahallalari joylashgan. Arxeologik qazishlar natijasida ochilgan madaniy qatlamlardan katta marmar plitalar, bino qoldiqlari, turli shakldagi rangli sopol idishlar, mayda haykalchalar va boshqa buyumlar topilgan. Shahar bir qancha vaqt tushkunlikka tushib, 6—7-asrlarda qayta tiklangan. Arkdan tashqarida 2,5 ga yerga qalʼa-qarorgoh qurilib, qalin devor bilan oʻrab olingan. 9—17-asrlarda shahar avvalgi mavqeini yoʻqotgan. 18-asrda K. beklik markaziga aylangach, birmuncha tiklangan. Oʻsha davrda K.da 6 shahar darvozasi, bir necha oʻn guzar, 2 karvonsaroy, bozor, hammom, 4 qabriston boʻlgan. iHoz. K. Qashqadaryo viloyatining yirik madaniy va iqtisodiy markazlarilan. Paxta tozalash, vino z-dlari va boshqa korxonalar mavjud. K. kenglik st-yasi jahondagi 5 ta shunday st-yaning biridir (q.qarang [[Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi]]). K.da tuman hokimiyati binosi, aloqa boʻlimi, mehmonxona, madaniyat uyi, umumiy taʼ-lim maktablari, avtostansiya, madaniyat va istirohat bogi, stadion va tennis korti, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor.
 
K. Katta Oʻzbekiston trakti orqali Shahrisabz, Samarqand va boshqa shahar hamda tumanlar bilan bogʻlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>