Tuxum: Versiyalar orasidagi farq

4 bayt qoʻshildi ,  3 yil oldin
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB)
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5))
{{birlashtirish|Tuxumhujayra}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Tuxum''' — 1) urgʻochilik jinsiy hujayrasi (q.qarang [[Tuxumhujayra]]); 2) tarkibida barcha oziq moddalarga ega boʻlgan parranda mahsuloti. Isteʼmol uchun, asosan, tovuq, bedana, sesarka T.lari ishlatiladi. Sifati, vazni, muddati va saqlanish sharoitiga qarab parhez va oshxona (oddiy) T.lariga ajratiladi. Yangi, yuqori sifatli, sovuq haroratda saqdanmagan, muddati 7 kundan oshmagan T.lar parhez T. hisoblanadi.
 
Tovuq T.da 26% quruq modda, shu jumladan, 12—13% protein, 12% lipidlar (lipidlarning 99% sarigʻida toʻplangan), 1% uglevodlar, 1% mineral moddalar bor. T. oqsili (okligi)ning 60% almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar, fermentlar (shu jumladan, lizotsim) va glikoproteidlar (avidin) dan iborat. T. sarigʻi (sariqligi) rangi uning tarkibidagi karotinoidlarga bogʻliq. Uning oʻrtasida urugʻlangan embrion diski joylashgan. Shuningdek, T. tarkibida aminokislotalarga boy oqsil, letsitin, fosforli yogʻlar, 20 dan ortiq mikroelement qamda A, V, Ye, D va boshqa vitaminlar bor. Koloriyaliligi boʻyicha oʻrtacha semizlikdagi mol goʻshtiga teng keladi va yaxshi singadi. Joʻja ochirish uchun serpusht tovukdarning yirik T.lari tanlab olinadi. Odatda, tovuq T.i 55—65, kurkaniki 70—100 g , oʻrdakniki 70—90 g , gʻozniki PO— 180 g . boʻladi.
6 807

ta tahrir