Oila: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Havolalar: Oilangiz baxtli bo‘la oladi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 9:
Ijtimoiy ishlab chiqarish — chorvachilik va dehqonchilikning rivojlanishi bilan erkaklar mehnatining qadri oshdi, mah-sulot ishlab chiqarishda ulushi ortdi, binobarin, ularning ijtimoiy mavqei ham tubdan oʻzgardi. Mavjud qoida tartiblar — farzandlarning onagagina tegishli boʻlishi, ona mulkiga merosxoʻr sanalishi erkaklarning yangi mavqeiga zid kelib qoldi. Natijada ota xuquqiga asoslangan patriarxal O. vujudga keldi. Shunday qilib, hozirgi individual O.ning oʻtmishdoshi — monogam O. vujudga kelgan (k,. Monogamiya).
 
O. xalqning , jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni oʻzida sinovdan oʻtkazadi. Yaxshilarini oʻz bagʻrida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. O. oʻz farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlangʻich ij-timoiy yoʻnalish beradi. Oʻz farzandlarini katta oqimga — jamiyatga qoʻshish bilan esa O. jamiyat yoʻnalishi, iqtiso-diyoti, madaniyati va maʼrifatini ham belgilashga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuning uchun ham Sharqsa O. qadim-qadimdan muqaddas qoʻrgʻon hisoblanib kelingan. Xususan, oʻzbek O.larining serildizlik, serbutoklik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Oʻzbeklarda O.larning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta roʻzgʻor tutishi, farzandlarni odobli, maʼna-viy yetuk boʻlib kamol topishida keksalar, ota-onaning roli katta. oʻzbek O.lari oʻzlarining mustahkamligi, saran-jom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mexr-oqibatli va boshqa qadriyatlari bilan ajralib turadi (q.qarang [[Oila tarbiyasi]]).
 
Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi, bu udumlar O.ni mustahkamlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston hukumati O. masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifa sifatida qaraydi. OʻzR Konstitutsiyasining 63-moddasiga kura, O. jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi, u jamiyat xdmda davlat tomonidan muhofazada boʻlish huquqiga ega. Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshqa qonuniy hujjatlar ham qabul qilinib, amaliy tadbirlar belgilangan. Jumladan, "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish choralari toʻgʻrisida" 1994 yil 22 avg .da farmon chiqarilib, muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam berishning koʻlami kengaytirildi. O.ni jamiyatning ravnaq topilishidash tutgan oʻrni va ishtirokini yanada oshirish, O.larning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy manfaatlarini va farovonligini yaxshilashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish hamda izchil taʼminlash maqsadida OʻzR Prezidenta 1998 yilni "O. yili" deb eʼlon qildi. Shunga asosan, O. manfaatlarini taʼminlash borasidaamalga oshiriladigan tadbirlar toʻgʻri-sida davlat dasturi ishlab chiqildi. OʻzR Xotin-qizlar qoʻmitasi huzurida Respublika "Oila" ilmiyamaliy markazi tashkil etildi. Oilaviy hayot masalalarini huquqiy tartibga solishga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilingan.