Maʼlumot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Manbalar: vikifikatsiya using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Maʼlumot''' (pedagogikada) — shaxsning oʻqish-oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim koʻnikmalari hajmi, yoʻnalishi va darajasi. Taʼlimtarbiya hamda mustaqil bilim olish jarayonida olinadi. M. insoning ongli faoliyati jarayonida oʻzlashtirib boriladi. Ushbu jarayon bolaning fikrlash qobiliyati shakllanishidan boshlab dastlab oilada, soʻngra uzluksiz taʼlim tizimining turli bosqichlarida taʼlimtarbiya olish davomida amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimining har bir bosqichida tegishli taʼlim standartlari hamda oʻquv das-turlari bilan belgilangan hajm va yoʻnalishdagi M. oʻzlashtirib boriladi. M.ni oʻzlashtirish jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli taʼlim va tarbiya mashgulotlaridan iborat. Bunda M. oluvchini talaba, oʻquvchi, shogird, bu jarayonga rahbarlik qiluvchilarni oʻqituvchi, murabbiy, ustoz deb nomlanadi. M. olish manbai darslik, qoʻllanma, qoʻshimcha adabiyotlar, atrof muhitdagi narsa va voqea-hodisalar, M. olish vositasi oʻquv qurollari hamda mantiqiy tafakkur jarayonidan iborat. M. oila, bogʻcha, maktab, akademik litsey yoki kasbhunar kolleji, oliy oʻquv yurti, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim shakllari — aspirantura, doktorantura hamda qayta tayyorlash va malaka oshirishda oʻzlashtiriladi.
 
Shaxsning M. darajasi boshlangʻich, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, oliy boʻlishi mumkin. M. umumiy va maxsus M.ga ajraladi. Umumiy M. kelajakdagi ixtisosi, kasbidan qatʼi nazar, har bir kishi uchun zarur boʻlgan bilim, malaka va koʻnikmalarni anglatadi. Maxsus M. muayyan mutaxassislikdagi xodimning kasbiga oid M.ni bildiradi. Umumiy M. maxsus maʼlumotning zarur negizidir. Maxsus M. oliy (q.qarang [[Oliy taʼlim]]), oʻrta maxsus va kasb-hunar (q.qarang [[Oʻrta maxsus]], [[kasb-hunar taʼlimi]]) M.lariga boʻlinadi.
 
Saidqosim Usmonov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>