Jinsiy gormonlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: xomila → homila using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Jinsiy gormonlar''' - odam va umurtqali hayvonlar jinsiy bezlarida ishlanadigan biologik faol moddalar. Birlamchi jinsiy belgilar (gonadalardan tashqari) va ikkilamchi jinsiy belgilar namoyon boʻlishini taʼminlaydi. J. g . kimyoviy tuzilishiga koʻra, steroidlar va polipeptidlarga ajratiladi. Steroid gormonlar androgenlar, estrogenlar va progestinlar (gestagenlar)ga boʻlinadi.
 
Erkaklar jinsiy gormonlari — androgenlar urugʻdonning maʼlum hujayralarida sintezlanadi; molekulasi 19 uglerod atomidan iborat. Eng asosiysi — testosteron. Ayollar jinsiy gormonlari — estrad iol , estron tuxumdon follikulalarida ishlab chiqariladi, ular 18 uglerod atomidan tuzilgan; progestinlar tuxumdonning sariqtanasida va b. struktur elementlarda sintezlanadi. Molekulasi 21 uglerod atomidan tashkil topgan. Eng asosiysi — progesteron. J. g . buyrakning magʻiz qavatida, homiladorlikda esa platsentada ham ishlanadi. J. g . organizmning erkaklik yoki urgʻochilik harakterini belgilaydi. Organizm balogʻatga yetishi davrida J. g . jinsiy hisni shakllantirish hamda markaziy nerv sistemasini faollashtirish funksiyasini bajaradi. Estrogen va gestagen gormonlarning oʻzaro taʼsiri tufayli otalangan urugʻ hujayra bachadonga oʻrnashib (q.qarang [[Implantatsiya]]), homiladorlik va tugʻruqning maromida kechishini taʼminlaydi. Bevosita tuxumdonda sariq tanada, shuningdek, bachadon va b. aʼzolarda hosil boʻladigan oqsil tabiatli J. g .dan relaksin (homiladorlikni saqlaydi, bachadon tonusini susaytiradi hamda chanoq suyagi boʻgʻimlari boylamini boʻshashtiradi); urugʻdon, urugʻ kanalchalari va tuxumdon follikulalarida yetiladigan ingibin (gipofizda follikulni stimullovchi gormon ajralishini boshqaradi) muhim ahamiyatga ega. J. g . tibbiyotda endokrin, akusher-ginekologik kasalliklarni davolash hamda koʻkrak bezi, prostata bezida xavfli oʻsmalar hosil boʻlishi jarayonining oldini olish maqsadida qoʻllaniladi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==