Proterozoy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 8 y. → 8 yil using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Proterozoy''' (yun. proteros — ancha erta va goye — hayot) — tokembriynknt yuqori (arxeydan soʻnggi) stratigrafik guruhi (q.qarang [[Geoxronologiya]]). taxminan 640—560 mln. yil avval 80 mln. yil ichida hosil boʻlgan yotqiziklarni qamrab olgan. "P." terminini amerikalik geolog E. Emmons (1888 yil) arxey va kembriy oraligʻidagi yotqizikdarni belgilash uchun taklif qilgan. P.ning umumiy qabul qilingan stratigrafik boʻlinish sxemasi yoʻq. Keyingi yillarda P.ni stratigrafik boʻlimlarga ajratishda tari-xiy geologik jinslarning absolyut yoshini aniqlash va paleontologik me-todlar qoʻllanilmoqda. Ayrim mutaxas-sislar P.ni 2, boshqalar 3 yoki 4 boʻlimga ajratadilar. Rossiyada P. 3 boʻlimdan iborat, deb qabul qilingan. Ular stromatolit va mikrofitolitlar gu-ruxlarining tarqalishi bilan farqlanadi. P. yotqiziqlari ayrim r-nlar uchun alohida sxemalar (svita, seriya)ga boʻlinadi. P. yotqiziklari turli tartibli va har xil darajada metamorfizm ga uchragan jinslardan tarkib topgan. Granitlashgan, magmatitlashgan jin-slar ham uchraydi. P. yotqiziqlarining yuqrri qismida organik qoldiqlar — yashil suvoʻtlar va bakteriyalarning mahsuloti: stromatolit va mikrofi-tolit (onkolid, katagrafiya va boshqalar) uchraydi. Aniq nomlangan va toʻla oʻrga-nilgan hayvonot qoldiklari P. yotqi-ziqdarining yuqori boʻlimi bilan kembriy davri chegaralaridagina uchraydi. Ular siyrak tarqalgan chuvalchang va meduzasimonlardan iborat. Foydali qazilmalardan P. yotqiziklarida, asosan, temir, marganets, nikel, kobalt, mis, xrom, polimetall, uran, oltin rudalari hamda olmos uchraydi. Oʻzbekistonda P. yotqiziqlari Hisor, Tomdi, Sulton Uvays va boshqa togʻlarda tarqalgan. Bu jinslarda koʻpgina qazilma boyliklar uchraydi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==