Chilla davri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 5:
Bachadon boʻynining ichki teshigi tugʻrukdan keyin, tashqi teshigi 3haftada berkiladi. Bachadon qisqarayotgan davrida shilliq qavati ham tiklanib, astasekin bachadon ichki yuzasini qoplab boradi. Chilla davrining 3haftasiga kelib, bachadonning epiteliy qavati toʻla tiklanadi. Bu jarayon tugallangunga qadar tugʻruq vaqtida bachadon ichki yuzasida hosil boʻlgan jarohatlardan Chilla davriga xos ajralma — loxiyalar kelib turadi. Loxiyalar Chilla davrining 3—4kuni qonli, qipqizil boʻlib, keyin rangsizlanadi va kamayadi, 5—6 haftaga borib toʻxtaydi. Chilla davrida qin (diloq) tonusi tiklanadi, tashqi jinsiy aʼzolar, qin va bachadon boʻynining chaqalangan, yirtilgan, shilingan jarohatlari bitadi. Bachadonning choʻzilgan boylamlari sekinasta kaltalashib, bachadon naylari va tuxumdonlar odatdagi holiga keladi.
 
CH.d.ning 2—3kuni sut bezlaril&n sut (tugʻruqning 15—18kunigacha ogʻiz suti, keyin odatdagi sut) ajrala boshlaydi (q.qarang [[Laktatsiya]]). Normal oʻtayotgan Chilla davrida chillali ayolning umumiy ahvoli yaxshi: pulsi tekis, toʻla, baʼzan siyrak (fiziologik bradikardiya), arterial bosimi va gavda trasi normal yoki shunga yaqin (goho yangi boʻshangan ayol trasi bir oz koʻtarilishi ham mumkin) boʻladi. Chilla davrida tashki jinsiy aʼzolar va sut bezlarini har kuni tozalab turish, aseptika, antiseptika qoidalariga qatʼiy rioya qilish zarur. Chunki ayol jinsiy yoʻllaridagi tugʻruq jarohatlari, koʻkrak soʻrgʻichidagi yoriqlar orqali organizmga infeksiya kirishi va chilladagi septik kasalliklar rivojlanishi mumkin.
 
CH.d.da sogʻlom ayollarga tugʻruqning 2kunidanoq organizmni baquvvatlash, bachadon qisqarishini tezlashtirish maqsadida maxsus gimnastika mashgʻulotlari kompleksi belgilanadi. Chilla davrining 1—2kuni sogʻlom ayolga yengil hazm boʻladigan ovqatlar (sut, manniy boʻtqasi, qaymoq, qandli choy, kofe), 3kundan boshlab odatdagi kaloriyali servitamin ovqatlar tavsiya qilinadi. Chilla davrida ayol achchiq, shoʻr, oʻtkir dorivorli va badhazm taomlar isteʼmol qilmasligi, spirtli ichimlik ichmasligi kerak. Normal kechayotgan Chilla davrining 4—5 kuni tuqqan ayol tugʻruqxonadan chiqariladi. Gavda trasi yuqori, shamollagan, yiringli teri kasalligi va boshqa infeksion kasalligi bor ayollar tugʻruqxonaning maxsus boʻlimiga yotqiziladi.