Zulfiya — versiyalar orasidagi farq

4 bayt qoʻshildi ,  3 yil oldin
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
(qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3))
(qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5))
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
''Zulfiya'' (taxallusi; toʻliq ism sharifi Zulfiya Isroilova) (1915.1.3— Toshkent — 1996.1.8) — shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq shoirasi (1965). Mehnat Qahramoni (1984). Shoir Hamid Olimjonning rafiqasi. Xotin-qizlar ped. bilim yurtini tugatgach (1931—34), Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot in-ti aspiranturasiga oʻqishga kirgan (1935). Soʻng Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir (1938—40), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1941— 50), "Oʻzbekiston xotin-qizlari" (q.qarang [["Saodat"]]) jur.da boʻlim mudiri (1950—53), bosh muharrir (1954—85) boʻlib ishlagan.
 
Uning ilk sheʼri 1931 yilda "Ishchi" gaz. da bosilgan. Dastlab 1932 yil "Hayot varaqalari" sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning "Temiroy" (1934), "Sheʼrlar", "Qizlar qoʻshigʻi" (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Zulfiy sheʼriy ijodining porlashi "Uni Farhod der edilar" (1943), "Hijron kunlarida" (1944) va "Hulkar" (1947) toʻplamlari bilan bog'liq. Ayniqsa, H. Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.
6 807

ta tahrir