Savdogarlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 7:
Sharq mamlakatlari, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda, S. qadimgi kasblardan hisoblanadi, ular kuchmanchi chorvadorlar, dehqonlar va kosiblar urtasida tovar ayirboshlashda vositachilik qilganlar. Musulmon mamlakatlarida shariat qonunlariga koʻra va hadislarda sudxoʻrlik harom ish, savdogarlik obroʻli kasb, faqat rostgoʻy, halol, yuksak axloq sohiblarigina savdogar nomiga loyiq hisoblangan. Mas, Alisher Navoiy "Mahbub ulqulub" asarida S.ni ilgʻor fikrli kishi, ular halol rizq topish yulida bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga tovarlarni keltirish borasida mashaqqat chekadi, tovarlarning taqchilligi va ortiqchaligini bartaraf etishda ishtirok etib, iqtisodiy muvozanatni taʼminlaydi, ilgʻor fikrlarni tarqatadi, deb taʼriflaydi. Oʻrta osiyolik S. Eron, Hindiston, Xitoy, Misr, Turkiya, Rossiya, Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalari olib borganlar. Mil. av. 2-asrdan to mil. 15-asrgacha Sharqni Gʻarb bilan bogʻlagan va Oʻrta Osiyo orqali oʻtgan asosiy savdo yoʻli — Buyuk ipak yoʻlining ahamiyati juda katta boʻlgan. Amir Temur savdosotiqqa katta eʼtibor bergan. Temur hokimiyati qaror topgan joylarda karvon yoʻllari qoʻrikdangan va bexatar boʻlgan. Amir Temur S.ga katta imtiyozlar bergan, karvon yoʻllarida karvonsaroylar qurdirgan.
 
Oʻrta Osiyoni chor Rossiya imperiyasi bosib olganidan keyin oʻrtaosiyolik S banklar savdosanoat firmalari bilan aloqalar oʻrnatib, kapitalistik savdo usullarini oʻzlashtira boshladilar (q.qarang [[Orenburg savdo yoʻli]]). Oktyabr toʻntarishidan soʻng Oʻzbekistonda mayda va oʻrta hol S. vaqtincha saqlanib qoldi. 20-asrning 20y.lari oxirida Oʻzbekistonda davlat va kooperativ savdoning rivojlanishi bilan S. ulgurji va chakana savdo sohalaridan siqib chiqarildi. 1930—32 yillarda S. ijtimoiy tabaka sifatida butkul tugatildi.
 
Oʻzbekistonda davlat mustaqilligiga erishilganidan keyin bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida savdogarlik tadbirkorlik faoliyatining bir yoʻnalishi tarzida qayta paydo boʻldi va ijtimoiy qatlam sifatvda shakllanib, son jihatdan koʻpayib bormoqda. Slarga koʻmaklashuvchi "Savdogarbank" aksiyadorlik tijorat banki tashkil etilgan, "Savdogar" gaz. chiqadi.