Ich ketishi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Ich ketishi''', ich surishi, diareya — tez-tez ich kelishi bilan kechadigan ichak kasalligi, ichak shilliq qava-tining yalligʻlanishi, ichakning harakati, oziq moddalarni soʻrish va shira chiqarish funksiyalari buzilishi natijasida kelib chiqadi. I k. ga koʻpincha ingichka yoki yoʻgʻon ichakdagi yalligʻlanish (kolit) jarayonlari sabab boʻladi. Meʼda va meʼda osti bezi faoliya-tining buzilishi (axiliya, pankreatit), avitaminozlar, surunkali zaharlanishlar, nerv regulyasiyasining izdan chiqishi va b. ham I.k. ga sabab boʻlishi mumkin. Ichak peristaltikasi (harakati) kuchayganda ich suyulib, tez-tez keladi, chunki ichakdagi suyuqlik tez harakatlanadi va qonga soʻrilib ulgurmaydi. Kishi haddan tashqari hayajonlanganda yoki qoʻrqqanda, shuningdek, ichak peristaltikasini kuchaytiradigan ovqat (sabzavot, hoʻl meva, kepakli non va h. k.) kup yeyilganda ich ketadi. Baʼzan meʼdada ovqat yetarli hazm boʻlmaganda, mas, meʼda osti bezi va jigarning sekret (shira, ut) i.ch. funksiyasi buzilganda ovqat tuzuk hazm bulmay, ich surishi mumkin.
 
Turli mikroorganizmlar (mas, dizenteriya, xelikobakter pilori, ichak tayoqchalari mikroblari) va ularning toksinlari (zaharlari) taʼsirida ichaklar, ayniqsa, ingichka ichak shilliq pardasi yalligʻlanib, koʻpincha I.k. ga sabab boʻladi (q.qarang [[Enterit]]). I.k. alohida kasallik boʻlmay, dizenteriya, ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar, ich terlama, paratif, vabo, surunkali ichak yalligʻlanishi (surunkali enterokolit, kolit) kabi bir qator kasalliklar belgisidir. Shu bois ich ketganda darhol vrachga murojaat kilish kerak. Ichak yalligʻlanganda goh bijgʻish (achish), goh chirish (sasish) jarayoni kuchayadi, mas, ingichka ichak yalligʻlanganda bijgʻish, yugʻon ichak yalligʻlanganda chirish ustun buladi. I. k.ning davosi va parhezi ham shunga qarab belgilanadi.
 
Mishyak, simob, kislota, ishqor kabilardan zaharlanishda, shuningdek, baʼzi sabablarga kura organizmda hosil boʻlib, unda unlashib qolgan endogen toksinlardan zaharlanishda I.k. mumkin (mas, uremiyada I.k.) Gijjalar ham ichakni yalligʻlantirib, ich surishi mumkin (bolalardagi I.k. haqida q. [[Bolalar dispepsiyasi]]).