Termiz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 93:
T.da unt, 8 ta kollej (sanʼat, iktisod, ijtimoiyiqtisodiy, [[pedagogika|ped.]], [[tibbiyot]], bank ishi, [[maishiy xizmat]] koʻrsatish, oziq-ovqat sanoati kollejlari) bor. Akad. va fizikamat, [[litsey]]lari faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv yilida shaharda 16 [[umumiy taʼlim]], 2 tayanch, 1 [[boshlangʻich maktab]]lari ishladi.
 
Oʻquvchilar [[saroy (qasr)|saroy]]i, [[bola]]lar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. [[Surxondaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi|Viloyat oʻlkashunoslik muzeyi]], [[Termiziy al-Hakim|Hakim atTermiziy]] meʼmoriy majmuasidagi "Meros" tarmoq muzeyi bor. OʻzR Prezidenti [[Islom Karimov|I.A.Karimov]]ning [[loyiha]]si va tashabbusi bilan T.ning 2500 yilligini aks ettiruvchi Surxondaryo arxeologiya muzeyi bunyod etildi; viloyat [[musiqali drama]], [[Surxondaryo qoʻgʻirchoq teatri|qoʻgʻirchoq teatrlari]] ishlab turibdi. 4 shahar [[kutubxona]]si hamda 2 tarmoq kutubxonasi mavjud. [[Hayvonot bogʻlari|Hayvonot bogʻi]] bor (q.qarang [[Termiz hayvonot bogʻi]]).
 
T.da 18 [[gazeta]] chiqariladi, 3 [[telestudiya]] eshittirishlar olib boradi. Shahar markaziy [[kasalxona]]si (165 oʻrin), [[yuqumli kasalliklar]] kasalxonasi (130 oʻrin), bolalar va kattalar, [[tish]] davolash [[poliklinika]]lari, shahar [[Bolalar bogʻchasi|bolalar sanatoriybogʻchasi]] va boshqa tibbiy muassasalarda 211 vrach, 700 ga yaqin oʻrta tibbiy xodim xizmat kiladi. Undan [[tashqari]], viloyatga karashli 3 ta kasalxona, viloyat [[tugʻruqxona]]si, [[shoshilinch tibbiy yordam]] markazi, bolalar kasalxonasi, [[onkologiya]], [[koʻz kasalliklari]] kasalxonalari, [[endokrinologiya]], [[sil]] kasalliklari, teritanosil kasalliklari, narkologiya, [[asab kasalliklari]] [[dispanser]]lari, "Ona va bola" va "Reproduktiv salomatlik" markazlari, viloyat qon quyish markazi faoliyat koʻrsatadi. Taʼlim muassasalarida, mahallalarda bolalar sportini rivojlantirish darajasini oshirish maqsadida tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda. T.da islom dini arboblaridan Hakim atTermiziy, Shaxobuddin Sobir Termiziy, Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy kabi olimlar yashab oʻtishgan. T.da 1999 yilda [[Alpomish]] [[doston]]ining 1000 yilligi, 2002 yilda xalqaro miqyosda T.ning 2500 yillik yubileyi oʻtkaziddi.