Shisha: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Sh. -> Shisha (preventing error that could be caused by future bot)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 21:
shahrining xossalari uning tarkibidagi komponentlarga bogʻliq. Eng tavsifli xossasi uning shaffofligidir (deraza oynasining shaffofligi 83— 90%, optik shahriniki esa 99,95% gacha). Shisha moʻrt jism, mexanik taʼsirlarga juda sezgir. Zichligi 22008000 kg/m³.
 
Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy Shishalar mavjud (q.qarang [[Vulkan shishasi]]). Sunʼiy shahrining paydo boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan yasalgan mahsulotni kuydirishda unga soda va qum tushgan boʻlishi, natijada buyum sirtida shishasimon sir (glazur) hosil boʻlgan boʻlishi mumkin.
 
Shisha mil. av. 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila boshlagan. Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-sekin oʻzgartirila borgan. Undagi ishqoriy metallarning oksidlari 30% dan 20% gacha kamaytirilgan. shahriga qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish maqsadida marganets va kobalt birikmalari qoʻshilgan. Mil. av. 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol koʻzalarda Shisha eritilgan. Qadimgi Shishalar 1000—1100°da pishirilgan.