Vest-Indiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k Olaf Studt Vest-indiya sahifasini Vest-Indiyaga koʻchirdi: imlo [nom]
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Vest-indiya''' (ing . West Indies - aynan Gʻarbiy Hindiston) — Atlantika okeanining Karib dengizida joylashgan bir necha ming orolning umumiy nomi. Shim. va Jan. Amerika materiklari oraligʻida. Bagama o.larini, Katta va Kichik Antil o.lari (q.qarang Anshil orolpari) va b. orollarni oʻz ichiga oladi. Shim. Amerikaga mansub. Umumiy mayd. 240 ming km{{sup|2}} ga yaqin. Aholisi 35 mln. kishi (1990-y.lar oʻrtalari), koʻpchiligi negr, mulat va kreollar. Relefining aksari qismi togʻli, karstli joylar koʻp. V.-I.da tez-tez yer qimirlab turadi. Kichik Antil o.larida soʻnmagan vulkanlar bor. V.-I. orollari mezokaynozoy yoshidagi vulkanik va choʻkindi jinslardan tuzilgan. Eng baland choʻqqisi Gaiti o.dagi Truxilo togʻi — 3175 m. V.-I.da foydali qazilma koʻp. Kubada marganes, xromit va temir rudalari, Trinidad o.da tabiiy asfalt, neft, Yamayka o.da boksit konlari bor. V.-I.da tropik passat va ekvatorial musson iqlim hukmron. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi shim.da 21°, jan.da 26°. Oʻrtacha yillik yogʻin 1000–1500 mm. Daryolari qisqa, tez oqadi. Doim yashil oʻrmonlar, savannalar bor. V.-I. tropik boʻronlar paydo boʻladigan joy. Tekislik qismlarida shakarqamish, kofe, tamaki, paxta yetishtiriladi. V.-I.da Antigua va Barbuda, Bagama Orollari, Barbados, Gaiti, Grenada, Dominika, Dominikana Respublikasi, Kuba, SentVinsent va Grenadina, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Trinidad va Tobago, Yamayka davlatlari hamda Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Fransiya va AQSH mulklari bor. Orollarning koʻpchiligi Xristofor Kolumb tomonidan 1492—1502 y.larda Hindistonga dengiz orqali gʻarbdan boriladigan yoʻlni qidirish vaqtida kashf qilingan. Kolumb orollarni Hindistonning bir kismi deb hisoblagan va shu bois Hindiston deb atagan. Yevropaliklar haqiqiy Hindistonni kashf qilganlaridan soʻng undan farqlash uchun "Gʻarbiy" soʻzi qoʻshilgan.
 
== Adabiyotlar ==