Ritm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Ritm''' (yun. rheo — oqaman), marom, davriylik — 1) tabiiy hodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishi. R. siklli va vaqtli boʻladi. Hodisa va jarayonlarning tabiatda muayyan tartibda takrorlanib turishi sikllik deyiladi. Mas, Quyosh faolligi bilan bogʻliq hodisalar — Quyosh dogʻlarining koʻpayibozayib turishi, Quyosh chaqnashlari, undagi portlashlar, u bilan bogʻliq holda Yerda roʻy beradigan hodisalar (magnit boʻronlari, qutb shafaqlari) va h.k. Vaqtli davriylik hodisa va jarayonlarning muayyan vaqt davomida takrorlanib turishi. Mac, kun bilan tunning almashinishi bilan bogʻliq jarayonlar, fayellarning almashinishi, iqlimiy tebranishlar; 2) sheʼriyat, musiqa, raqs, tasviriy sanʼat, amaliy bezak sanʼati va meʼmorlik turlari shakllarining asosiy prinsipi. Sheʼriyat dagi R. tovush asosida paydo boʻladi. Dastlabki sheʼrlarda satrlar oʻlchov jihatdan teng boʻlmagan, ammo ular parallel qoʻyilgan, bu esa sintaktik parallelizm deyilib, u sheʼr tuzilishining folklor tipiga xosdir. Xususan, turkiy xalqlarning qad. sheʼrlaridagi misralarni alliteratsiya va soʻz takrorlari uyushtirgan; bunda ichki qofiya ham qatnashgan; soʻng qofiya misralar oxiriga koʻchib, evfoniya (ohangdorlik) vazifasinigina emas, R. vazifasini ham ado eta boshlagan. Sheʼr toʻzilishining tizimlarga va guruhlarga ajralishi shundan soʻng roʻy bergan. Sheʼr tuzilishining folklor tipidan soʻng kvantitativ sheʼr tuzilishi paydo boʻlgan, u asosan sinkretik davr (sanʼatning aralash rivojlangan davri)ning sheʼr texnikasi boʻlgan. Yunon, arab, hind, fors sheʼr tuzilishi va, jumladan, oʻzbek aruzi kvantitativ sheʼr tuzilishiga mansub. Bu sheʼr tizimlarida tovushning miqdori — choʻziklik darajasi va uning vaqt bilan oʻlchanishi R. ni uyushtirishning asosiy negizi hisoblangan (q.qarang [[Aruz]]). Kvantitativ sheʼr tuzilishidan soʻng kvalitativ sheʼr tuzilishi va unga kiruvchi koʻpchilik sheʼr tuzilishlari paydo boʻlgan. Bu sheʼr tuzilishi boʻgʻinlarning sonigagina emas, sifatiga (urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlarning muayyan bir tartibda navbatlashib kelishiga) ham tayanadi; bunga sillabik, sillabiktonik va tonik boʻgʻin tizimlari kiradi. Kvalitativ sheʼr tuzilishi davrida sheʼriyat ogʻzaki shakldan yozma shaklga oʻtdi va musiqadan ajralib chikdi. Oʻzbek barmoq tizimi ham shu bosqichga mansub. Barmoqtizimidagi R. boʻgʻinlar soniga, oz boʻgʻinlarning misralarda mutanosib boʻlishiga suyanadi (q.qarang [[Barmoq tizimi]]). Nasrda ham R. mavjud. Ammo u oʻlchov (vazn) asosida kelib chikmaydi. Shu tufayli izchil emas.
 
Tasviriy sanʼatda R. badiiy sanʼat asarining ifoda vositalaridan boʻlib, asar tuzilishining oʻziga xos tomonini belgilaydi, uning gʻoyaviybadiiy estetik mazmunini chuqurroq ochishga xizmat qiladi. R. qurilishi simmetriyaning turli unsurlariga, shuningdek, bir xil yoki bir-biriga oʻxshash (yaqin) shakl va narsalar (chiziq, muxrlangan harakat, nursoya, boʻyoq dogʻlari va h.k.)ning teng hajm va orali qda tekis meʼyorda qaytarilishi yoki oralab kelishiga asoslanadi. U yoki bu R. qurilishi yordamida asarga turlicha emotsionallik baxsh etish mumkin.