Dunganlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 21:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Dunganlar''' (oʻzlarini laoxueyxuey yoki chjunyuanjin deb ataydilar) — Markaziy Osiyoda yashaydigan xalq. Umumiy soni 70 ming kishi atrofida (1990-Oʻzbekistonlar oʻrtalari). [[Qozogʻiston]], [[Qirgʻiziston]], qisman [[Oʻzbekiston|Oʻzbekistonda]] yashaydi. Dungan tilida gaplashadi. Dunganlar [[Xitoy|Xitoydagi]] xuey xalqi bilan etnogenetik jihatdan birdir. Dunganlar rus grafikasiga asoslangan oʻz yozuviga ega. Islomning sunna va shia mazhablariga eʼtiqod qilishadi. Dunganlar ajdodlarining kelib chiqishi fanda hali uzil-kesil hal qilingan emas. Baʼzi olimlar Dunganlar arablar bilan aralashgan xitoylar, baʼzilar esa Xitoyga kelib oʻrnashib qolgan fors, turk qabilalari deb hisoblaydi. "Dungan" nomi Sinszyan viloyatida 18-asrda paydo boʻlib, Xitoyning ichki viloyatlaridan koʻchib kelib, oʻtroklashib qolgan harbiy xizmatchilar, savdogarlar, xunarmandlar va boshqani ifodalagan (baʼzan "Dungan"ning etimologiyasini tun gan — hammasi Gan-sudan" yoki dvun yanjin — "Xitoyda yashovchilar" deb talqin etadilar). Xitoyning Gansu, Shensi, Lanjou va boshqa viloyatlarida yashaganlar. 1861—78 Oʻzbekistonlarda Xitoyning shim.-gʻarbida Sin sulolasi zulmiga qarshi dehqonlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolonda Dunganlar va boshqa xalqlarning kambagʻal tabaqasi asosiy kuch edi (q.qarang [[Taypin qoʻzgʻoloni]]). Qoʻzgʻolon yengildi, natijada 1877—78, 1881—84 Oʻzbekistonlarda Dunganlar toʻda-toʻda boʻlib Qozogʻiston va Qirgʻiziston yerlariga qochib oʻta boshladi va shu yerlarda oʻrnashib qoldi. 20-asr boshlarida Dunganlar xalq boʻlib shakllandi, tili, madaniyati, adabiyoti va oʻz matbuotiga ega boʻldi. Dunganlar asosan, deqqonchilik (bugʻdoy, sholi, joʻxori, qand lavlagi, tamaki va boshqa), bogʻdorchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->