Spirtlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 7:
S. suvdan yengil, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, oʻzi ham yaxshi erituvchi. Quyi alifatik S. suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Yuqori S. suvda erimaydi. Birlamchi S. kristallosolvatlar hosil qiladi, mas, SaS124S2N5ON, MgCl26C2H5OH, CuSO4CH3OH. Koʻpchilik S. suv va baʼzi erituvchilar bilan aralashib, azeotrop aralashmalar hosil qiladi.
 
S. molekulasida — ON guruhi boʻlgani sababli sezilarli qutblanish kuzatiladi. S. ishqoriy, ishqoriyer va boshqa baʼzi metallar bilan tuzeimon birikmalar — alkogolyatlar, mas, NaOR, Ca(OR)2, A1(OR)3 hosil qiladi. S.ga kislotalar taʼsir etganda murakkab efirlar hosil boʻladi (q.qarang [[Eterifikatsiya]]). Birlamchi S. oksidlanganda tdegidlar va kislotalar, ikkilamchi S. oksidlanganda ketonlar hosil qiladi; uchlamchi S. oddiy sharoitda oksidlanmaydi. Bir atomli alifatik S. kucheiz narkotik taʼsirga ega, baʼzi S zaharli.
 
S. tabiatda erkin holda va murakkab efirlar holida uchraydi. S. galogenalkillarni gidrolizlab (amil, benzil S. va boshqalar), olefinlarni gidrolizlab (etil, izopropil, trimetilkarbinol va boshqalar) olinadi.S, koʻpincha, karbonli birikmalar (aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar va boshqalar)ni natriy, litiy, alyuminiy gidrid, vodorod bilan qaytarib olinadi. Alkogol ichimligi uchun ishlatiladigan etil spirt qand moddalarini bijgʻitib olinadi. S.ning amaliy ahamiyati muhim: boʻyoqlar, sintetik tolalar, plastmassalar, xushboʻy dori va yuvuvchi vositalar, plastifikatorlar va portlovchi moddalar ishlab chiqarish.da xom ashyo hisoblanadi. Koʻpchilik sanoat tarmoqlarida erituvchilar va alkillovchi agentlar sifatida ishlatiladi.