Mineral: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: at. M. → atom massasi using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 12:
M. kristall panjarasinit ayrim strukturaviy elementlari (qatlam, paket, zanjirchalar va h.k.) shu ele-mentlar ichida strukturasi toʻliq saqlangani holda bir-biriga nisbatan bir oz siljigan boʻlishi mumkin. Natijada M.ning politip modifikatsiyalari vujudga keladi. Politiplar katlami M.lar (mas, slyuda, grafit, molibdenit, gilli M.lar)da koʻp uchraydi. Agar polimorfizm hodisasi temperatura va bosimning oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlsa, M. politipiyasi esa ehtimol kristallarning oʻsishi sharoiti bilan bogʻliq. M.larning strukturaviy nuqsonlari, politipi va boshqa chetlanishlarini ideal strukturaga nisbatan qiyosiy oʻrganish M.larning paydo boʻlishidagi termodinamik sharoitni aniqlashga imkon beradi.
 
M.larning kimyoviy tarkibi, formulasi va tasnifi. M. strukturasida kimyoviy elementlarning ahamiyati turlicha: baʼzilari yetakchi boʻlib, M.ning aosiy tarkibini belgilaydi; boshkalari xususiyatlari va atom (ion) tuzilishlari bilan asosiylariga yaqin boʻlib, M.da izomorf (q.qarang [[Izomorfizm]]) aralashma (mas, seriy, indiy, kadmiy, galliy, selen, talliy, reniy, rubidiy, koʻpgina kamyob-yer elementlari) holida uchraydi.
 
M. tarkibining murakkabligi va yetarlicha barkaror emasligi izomorfizm hodisasi, submikroskopik kiritmalar, shuningdek, sorbsiya hodisasiga ham bogʻliq. M.da submikroskopik kiritmalar quyidagi qollarda roʻy berishi mumkin: eritma, qorishma va boshqa muhitning kristallanish jarayonida dispers aralashmalarni ushlab qolish natijasida (mas, kvarsdagi gazsuyuqlik kiritmalari, dala shpatidagi gematit kiritmalari); temperatura sharoitlarining oʻzgarishi natijasida qattiq qorishmalarning parchalanishi (dala shpatlarida pertitlarning hosil boʻlishi, murakkab sulfid va murakkab oksidlarning parchalanishi)dan; metamikt oʻzgarishda; bir M. oʻrniga boshqasi joylashgan hollarda yoki ikkilamchi oʻzgarishlar natijasida. Koʻpgina M.lar (mas, magnetit) tarkibida doim turli qoʻshimchalar zarralari boʻladi.
Qator 30:
Ulanish tekisligi uta mukammal, mukammal, oʻrtacha va nomukammal boʻladi. Bu M.ning muayyan yoʻnalish boʻyicha yorilish (ajrash) yuzasida namoyon boʻladi.
 
Optik xossalari. M.ning rangi, yaltirokligi, shaffoflik darajasi, nur sindirishi, nurni aks ettirishi, pleoxroizm va boshqa xossalari M. donachalarining ayrim qismlarida optik mikroskop yerdamida spektrning ultrabinafsha va infraqizil nurlarida oʻrganilishi mumkin (q.qarang [[Kristalloptika]]).
 
M.ning yaltirokligi (metall, yarim metall va nometall — olmos, shishasimon, yogli, mumsimon, ipaksimon, sadafeimon va h.k.) uning sirtidan qaytgan nur miqdori va nur sindirish koʻrsatkichiga bogʻliq. M.ning boshqa koʻpgina fizik xususiyatlari (lyuminessent, magnit, elektrik, radioaktivlik va boshqalar) qattiq jismlar fizikasida yaxshi oʻrganilmoqda.