Universitet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Universitet''' (lot. universitas — yigʻindi, majmua) — tabiiy, ijtimoiy va gumanitar yoʻnalishda yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan kup tarmoqli oliy oʻquvilmiy muassasa. U. oʻz bitiruvchilarining kelajakdagi ilmiyamaliy va pedagogik faoliyatlari uchun chuqur nazariy tayyorgarlik kurishlarini taʼminlaydi. Oʻquv va i.t. ishlarining uzviy ravishda qoʻshib olib borilishi U. taʼlimining asosiy oʻziga xos jihatidir. U. musulmon Sharqidagi oliy [[Ma[[drasa]] yoki madrasai oliya (q.qarang [[Ma[[drasa]]) makrmiga toʻgʻri keladi. Yaqin Sharq mamlakatlarida dorilfunun deb ataladi.
 
Oʻrta asrlar Yevropasida dastlab turli sherikchilik birlashmalari, savdogarlar gildiyalari, sanoattijorat sexlari va boshqa shirkatlar U. deb yuritilgan. Yevropada U.ning yuzaga kelishi muayyan iqtisodiy taraqqiyotga erishilganligi, shaharlarning koʻpayishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, madaniyatning yuksalishi, shuningdek, ilmfanning taraqqiy etib, turli falsafiy oqimlarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Shuning uchun ham ilk U.lar iqtisodiy jihatdan rivojlangan Italiya, Ispaniya, Fransiya singari Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida tashkil topdi. Dastlabki U.lar Italiyaning Bolonya (11-asr), Salerno (12-asr oxirlari), Fransiyaning Parij (1215), Monpelye (1289), Bukj Britaniyaning Kembrij (1209), Oksford (12-asr 2yarmi), Ispaniyaning Salamanka (1218), Portugaliyaning Lissabon (1290) sh.larida paydo boʻldi. 14-asrga kelib Markaziy Yevropada ham bir nechta U.lar ochildi. Universitet va ilmfan taraqqiyoti tufayli 1348 i. Praga, 1364 y. Krakov, 1365 i. Vena U.lari yuzaga keldi.
Qator 10:
Chet ellardagi hozirgi U.lar tashkiliy tuzilishiga kura, mustaqil ft, institut, maktab va kollejlarning oʻziga xos birlashmasidan iborat. Dunyoning koʻp U.larida ilmiy tadqiqotchilar bilan birga oʻrta maktab oʻqituvchilari ham tayyorlanadi. Odatda, aksar zamonaviy U.larda tabiiyot, tibbiyot, huquq, filol., falsafa, iqtisod, muhandislik, ayrimlarida ilohiyot ftlari mavjud. Dunyoda U. taʼlimining Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniya tizimlari keng yoyilgan. Jumladan, Buyuk Britaniyada U. taʼlimi har biri 2 y. davom etadigan 3 bosqichdan iborat. 1bosqich oraliq bosqich deb ataladi va unda asosan umumtaʼlim fanlar oʻrganiladi. 2bosqich mutaxassislik bosqichi deyiladi va talabaning bakalavr darajasini olishi bilan tugallanadi. 3bosqich yuqori bosqich deb nomlanadi va bitiruvchi magistr darajasiga erishadi. Fransiyada U. taʼlim tizimi doimiy bosqichlarga ajratilmagan. Bu yerda kaysi kasbni egallashiga qarab, talaba 4 yildan 7 yilgacha oʻqiydi. Ispaniya U. taʼlim tizimi ham Fransiya U. taʼlim tizimiga yaqin keladi.
 
Turkistonda U., yaʼni madrasai oliya 10-asrdayoq yuzaga kelgan boʻlsada, zamonaviy maʼnodagi dastlabki U. Toshkentda 1918 y. 21 apr.da Turkiston xalq universiteti nomi bilan ochilgan. Ammo bu U. rus va yevropalik aholi uchun moʻljallangan edi. Oradan 20 kun oʻtib, oʻzbek jadidlari tashabbusi bilan 1918 y. 12 mayda Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarligida "Turkiston musulmon xalq dorilfununi" tashkil etildi (q.qarang Oʻzb[[ekiston milliy universiteti]]). Oʻzbekistonda ikkinchi U. 1933 y. Samarkand shahrida ochilgan (q.qarang [[Samarkand universiteti]]). 1976 yilda Qoraqalpogʻiston universiteti tashkil etildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgunga kadar mamlakatimizda 3 U. faoliyat koʻrsatgan. 2002 y. Oʻzbekistonda 20 U. boʻlib, ularda 113,7 ming talaba taʼlim oldi. Respublikadagi kup U.lar maktab, akademiklitsey va kasbhunar kollejlari singari tuzilmalarni ham oʻz ichiga oladi. 2. U. (Oʻzbekiston milliy un-ti va Toshkent texnika un-ti) oʻz intlariga ham ega.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->