Soat (oʻlchov birligi): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
{{Maʼnolari|Soat (maʼnolari)}}
'''Soat''' — 1) xalqaro birliklar tizimiga kirmaydigan vaqt oʻlchov birligi, qiymati 60 minut yoki 3600 sekundga teng vaqt oraligʻi (q.qarang [[Vaqt]]); 2) vaqtni oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob. Odamlar vaqtni oʻlchash bilan qadimdan shugʻullanib kelishgan. Ular Quyosh, Oy harakati va boshqa hodisalarning muayyan vaqtlarda takrorlanib turishini sezganlar va ulardan vaqtni oʻlchashda foydalanganlar. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi — sutka, Yerning Quyosh atrofida aylanishi — yil vaqtni oʻlchashda asosiy mezon boʻladi. Yunon astronomi K. Ptolemey (mil. av. 2-asr) sutkani soat, minut va sekundlarga boʻlgan (q.qarang [[Kalendar]]). Vaqtni juda aniq oʻlchash uchun maxsus astronomik kuzatishlar oʻtkazilgan. Dastlab, quyosh soati, keyinchalik eye soati, oʻrta asrlarga kelib, qum soati paydo boʻldi. 15-asr 1-yarmida Ulugʻbek Samarqandsa bal. 50 m li quyosh soati yasagan (hozir saqlanmagan). Qum soati fotografiya, tibbiyot va boshqa sohalarda hozir ham ishlatiladi. Ilgari Oʻrta Osiyoda ham quyosh, suv va qum S.idan foydalanilgan.
 
Mexanik S.lar haqidagi maʼlumotlar yunon qoʻlyozmalarida (mil. av. 6-asr) uchraydi. 936 y. monax Gerbert, keyinchalik pop Silvestr II zangli mexanik soat yasashgan. G. Galiley 1640 y. S.da mayatnik ishlatishni taklif qilgan (lekin mayatnikli S.ni oʻzi yaratishga ulgurmagan, oʻgʻli Visensio 1649 y. yasagan). Golland olimi X. Gyuygens ham 1657 yilda mayatnikli soat yasadi va mayatnik tebranishining matematik nazariyasini ishlab chiqdi. Dastlabki choʻntak S. 16-asrda ixtiro qilindi. X. Gyuygens choʻntak soatiga balansir spiral tizimini (hozirgi S.ning asosiy mexanizmini) kiritdi va S.ning aniq yurishi ancha yaxshilandi. I.P. Kulibin 18-asrdatovuqtuxumidek keladigan murakkab mexanizmli mexanik S. yasadi. U har chorak soatda zang uradi. Rossiyada birinchi zangli soat 1404 y. Moskvada Blagoveshchensk sobori yakiniga oʻrnatilgan. Uni vizantiyalik monax Lazar Serbii yasagan.