Karantin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 11:
1932 y. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi qoshida Respublika oʻsimliklar karantin davlat inspeksiyasi xizmati tashkil qilindi. Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida" qonuni 1995 y. 31 avgustda kabul qilindi. Oʻsimliklar K. tadbirlari boʻyicha MDH doirasida Oʻzbekiston ham qoʻshilgan davlatlararo shartnoma imzolangan (1992). Oʻzbekistonda oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat xizmatini Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qoshidagi oʻsimliklar karantini Bosh davlat inspeksiyasi ("Oʻzboshdavkarantin") bajaradi.
 
Oʻzbekiston q.x. tarixida koʻrilgan qatʼiy choralarga qaramay respublika hududiga boshqa mamlakatlardan koʻp turdagi oʻta xavfli K.dagi zararli obʼyektlarning oʻtib qolishi holatlari kuzatilgan. 1939 y.da Yaponiyadan keltirilgan tut koʻchati bilan komstok qurti, 1964 y.da kaliforniya qalqondori, 1972 y.da Kolorado qoʻngʻizi, 1980 y.da issiqxona oqqanoti (q.qarang [[Oqqanotlar]]), 1981 y.da Turkiyadan toʻrt dogʻli donxoʻr, 1983 y.da sharq meva qurti va b. tarqaldi va ular q.x.ga katta iqtisodiy zarar keltirmokda.
 
21-asr boshida K. kurash tadbirlari qoʻllaniladigan xalqaro roʻyxatga 300 dan ortiq turdagi oʻta xavfli oʻsimliklar K.i obʼyektlari kiritilgan. Ularning 66 tasi oʻsimliklar zararkunandalari (gʻoʻza kuyasi, osiyo gʻoʻza tunlami, amerika oq kapalagi, apelsin qalqondori, ildiz qurti va b.), 41 tasi zamburugʻli, nematodali, bakteriyali, virusli oʻsimliklar kasalliklari (gʻoʻza antraknozi, kartoshka raki, parmalovchi nematoda, makkajoʻxori vilt kasalligi va b.) dir. Oʻzbekistonda 143 turdagi K. obʼyektlari roʻyxatga olingan. Shulardan 12 ta turi kam tarqalgan. 3) Veterenariyada — hayvonlarning oʻta yuqumli, tez tarqalish xususiyatiga ega boʻlgan va katta iqtisodiy zarar keltiradigan kasalliklari oʻchoqlarini chegaralash va yoʻq qilish boʻyicha tadbirlar majmui.