Xorazm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (v0.3)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 122:
Avestoning "Yasht" qismida Xorazm "Ming irmoqli daryo", "Koʻllar va oʻtloqlarga boy oʻlka" sifatida madh etiladi. Qad. Xorazm hududi tabiiy jihatdan 2 mintaqaga ajralgan. Uning shim. qismida Amudaryo etaklarida sonsanoqsiz sersuvli oʻzanlar, shim. va shim.sharqqa tomon yastangan keng yaylovlardan iborat bepoyon pastgekisliklar, uning jan. qismida esa, Murgob va Tajan daryolari vodiylarining kattagina qismi togʻ va adirliklar va ulardan bosh olgan kattakichik daryojilgʻalar etaklarida yuzaga kelgan hosiddor yerlar joylashgan.
 
Qadimgi X. mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, shubhasiz, qad. aholining turmush tarzini belgilabgina qolmay, balki bu diyorda yuzaga kelgan qad. madaniyatlarning shakllanishi, rivoji va bir-biriga qorishuviga ham kuchli taʼsir etgan. Shu boisdan X.ning shim. qismi (Oqchadaryo deltasi)da mil. av. 4—3 ming yilliklarda ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechirgan aholi (q.qarang [[Kaltaminor madaniyati]]) yashagan boʻlsa, mil. av. 2myng yillikda esa chorvachilik va dehqonchilikning soddagina usullaridan xabardor boʻlgan qabilalar (q.qarang [[Tozabogʻyop madaniyati va Suvyorgan madaniyati]]) istiqomat qilgan. Mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga borganda, xususan, uning oxiri va mil.av. 1-ming yillik boshlari (9—8-asrlar) da sugʻorma dehqonchilik mukammallashib, yaylov chorvachilik rivoj topgan (q.qarang [[Amirobod madaniyati]]). Bu davrda Tozabogʻyop, Suvyorgan va Amirobod madaniyatlarini yaratgan qabilalarning qorishmasi asosida tarkib topgan Kavundi (Kavondi) qabilalari yashagan. Ular X.ning qad. aholisi massagetlarning bevosita ajdodlari boʻlgan. Koʻchmanchi chorvachilik, xususan, yilqichilikning rivoji X. aholisining ijtimoiy hayotiga ham kuchli taʼsir etib, suvoriylar tabaqasini shakllantirgan.
 
X. ning jan. qismida joylashgan vodiy va vohalar (Tajan, Herirud, Murgʻob va Gyoksur) da esa mil. av. 6— 3ming yilliklardayoq oʻtroq sugʻorma dehqonchilik madaniyati qaror topib, taraqqiy qilgan. Bu davrlarda ushbu mintaqa aholisi qabilalar uyushmasiga birlashib, dehqonchilik xoʻjaligida motiga (ketmon)dan tashqari omochdan hamda turli xildagi kattakichik sugʻorish inshootlaridan ham foydalangan. Avval ular somonli guvalalardan bir xonali, soʻngra esa koʻchalar boʻylab guvala va xom gʻishtlardan bir necha xonali uylar bino qilib, atrofi devor bilan oʻralgan turar joy va istehkomli qishloqlar barpo etgan (q.qarang [[Joytun madaniyati va Namozgohtepa]]).
 
Mil. av. 2ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshlarida qad. sugʻorma dehqonchilik madaniyatining hududlari sharq va jan.sharq tomon kengayib, Herirud vodiysining yuqori oqimigacha yoyilgan. Shu boisdan Avestoda Xvairizem oʻlkasi Areyadan sharqda Hilmand vodiysida joylashgani haqida ishora qilinadi.