Shahar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 13:
Shaharlar ibtidoiy jamoa davridan sinfiy jamiyatga oʻtishda hunarmandchilik va savdosotiq dehqrnchilikdan ajralib chiqish davrida paydo boʻlgan. Hunarmand va savdogarlar muqim istiqomat qila boshlagan joylar gavjumlashib, Shaharlarga aylana boshlagan. Dastlabki Shaharlar mil. av. 5—3 ming yilliklarda Sharqda — [[Mesopotamiya]], [[Markaziy Osiyo]] regionida hamda [[Hindiston]], Xitoy va boshqalar mamlakatlarda vujudga kelgan. Bu yerlarda mavjud quldorlik davlatlarining poytaxt Shaharlari eng taraqqiy qilgan davrda har birida taxminan 100 minglarcha aholi yashagan. Yunonistonda davlat tuzumi aristokratik yoki demokratik respublika boʻlgan shahardavlatlar (polis) ayniqsa rivojlangan. Sharq mamlakatlarida harbiy istehkomlar asosida shaharlar soni orta bordi. 13-asrda moʻgʻul istilochilarining bosqinchiligi natijasida [[Oʻrta Osiyo]], [[Zakavkazye]] va boshqalar joylardagi koʻp Shaharlar vayron etildi. Temuriylar davrida esa Movarounnahr va Xurosonda bir qancha Shaharlar, xususan, Samarqand, Buxoro va Hirot ravnaq topdi. Yevropa mamlakatlarida Shaharlar Sharq mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo boʻldi. Shaharlarda sanoat ishlab chiqarish markazlashib, Shahar aholisi jadal oʻsa boshladi, rivojlangan mamlakatlarda Shahar aholisi salmogʻi butun mamlakat aholisining 70—80% ni tashkil etdi.
 
Urushlar, tabiiy ofatlar natijasida juda koʻp Shlar vayron boʻladi. Ayni vaqtda yer osti foydali qazilmalarining ochilishi va uni qayta ishlash korxonalarining qurilishi (Angren, Olmaliq, Yangiobod, Zarafshon, Muborak, [[Navoiy]]), yangi yerlarning oʻzlashtirilishi (Yangiyer, [[Guliston]], Koson, Sherobod), yirik suv inshootlari va elektr styalarning qurilishi (Shirin, Katgaqoʻrgon, Taxiatosh) munosabati bilan yangi Shlar tashkil topadi va rivojlanadi (q.qarang [[Shaharsozlik]]).
 
== Shaharni boshqarish ==