Infraqizil nurlanish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (2), I. n. → {{subst:FULLPAGENAME}} (23) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 3:
Koʻpgina metallar koʻzga koʻrinadigan nurlanish sohasiga qaraganda Infraqizil nurlanish sohasini yaxshiroq qaytaradi, yaʼni ularning qaytarish xususiyati birmuncha yuqori. Mac, A1, Ai, Ag, Si kabi elementlar toʻlqin uz. A.= 10 mkm boʻlgan Infraqizil nurlanish ning 98% ini qaytaradi. Infraqizil nurlanish yer atmosferasidan oʻtayotganida yutilishi va sochilishi tufayli uning intensivligi kamayadi.
 
Infraqizil nurlanish spektri ultrabinafsha va koʻzga koʻrinadigan nurlanish spektri kabi chiziqli, yoʻl-yoʻl va uzluksiz boʻladi. Gʻalayonlangan atomlar (yoki ionlar) bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishidagina Infraqizil nurlanish spektri chizikli boʻladi. Mac, simob atomlarining nurlanishi Infraqizil nurlanish chegarasiga yaqin (X= 1,01 —2,32 mkm) bir necha chizikli spektrdan ibo-rat. Gʻalayonlangan molekulalar yoʻl-yoʻl infraqizil spektrda nurlanadi, bu spektr molekulalarning tebranma va aylanma harakatiga bogʻliq (q.qarang [[Moleku-lyar spektrlar]]). Qizdirilgan qattiq jismlar yoki suyukliklarning Infraqizil nurlanish spektri uzluksiz boʻladi. Lekin uning intensivligi jism (suyuklik) temperaturasiga bogʻliq. Past temperatura (< 500°) dagi jism nurlanishining Infraqizil nurlanish intensivligi deyarli katta emas, shuning uchun unday jism Infraqizil nurlanish manbai boʻla olmaydi. Eng koʻp ishlatiladigan Infraqizil nurlanish manbai volfram tolali (quvvati 250—1000 Vt) lampalar hisoblanadi.
 
Infraqizil nurlanish dan i. t. ishlarida, harbiy maqsadlarda, tibbiyot va koʻpgina amaliy masalalarni hal qilishda foydalaniladi (q.qarang [[Infraqizil fotografiya]], [[Infraqizil qizdirish]]). Infraqizil nurlanish bilan qorongʻida obʼyektlarni suratga olish, oʻchib ketgan xatni tiklash (oʻqish), signallarni uzatish va q. k. ishlar bajariladi. Infraqizil nurlanishni qayd qilish uchun qabul qiluvchi issiklik va foto-elektr asboblari, shuningdek, maxsus fotomateriallardan foydalaniladi. Infraqizil nurlanish choʻgʻlanish lampalari, gaz-razryadli lampalar nurlanishining ancha qismini, Quyosh nurlarining 50% ga yaqinini tashkil qiladi; baʼzi lazerlar oʻzidan Infraqizil nurlanish chiqaradi.
 
Ergash Nazirov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>