Rivojlanish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k [[]]
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Rivojlanish''' — [[tabiat]] va [[Jamiyat|jamiyatdagi]] qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish. Rivojlanish natijasida obʼyektning — tarkibi yoki [[Struktura|strukturasining]] yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning 2 shakli mavjud: obʼyektning sekinasta sodir boʻluvchi miqdor oʻzgarishlari bilan bogʻliq evolyusion Rivojlanish va obʼyekt tuzilmasidagi sifat oʻzgarishlaridan iboratinqilobiy Rivojlanish [[Evolyutsion taʼlimot|Evolyusion]] Rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini, inqilobiy Rivojlanish esa keskin portlash yoʻli bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini bildiradi. Evolyusion Rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talafotlarsiz oʻtishiga imkon beradi. Bunday utishda muayyan vaqt zarur boʻladi. Inqilobiy Rivojlanishda jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari yoʻq qilinib, keskin sifatiy oʻzgarishlar amalga oshiriladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yangi jamiyatga oʻtishning evolyusion Rivojlanish yoʻlini tanladi. Bu yoʻl jamiyat aʼzolarining manfaatlariga zid kelmaydigan, muayyan vaqtni talab qiladigan va pirovardida samarali buladigan yoʻldir. Rivojlanishning progressiv, taraqqiyot turi (q.qarang [[Taraqqiyot]]) bilan regressiv, tanazzul turi (q.qarang [[Inqiroz]]) farqlanadi.
 
Hozirgi zamon fanida Rivojlanishning maxsus ilmiy nazariyasi ishlab chiqilmoqda, unda asosan, qaytariluvchi jarayonlarni qarab chiquvchi klassik tabiatshunoslikdan farq qilgan holda, nochizikli, sakrashsimon oʻzgarishlar bayon qilinadi (yana q. [[Miqdor oʻzgarishlariiing sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni]], [[Qaramaqarshiliklar birligi va kurashi qonuni]], [[Inkorni inkor qonuni]]).