Sulton Ali Mirzo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Sulton ali mirzo''' ([[1483]][[1500]]) -[[Movarounnahr]] hukmdori ([[1498]]—1500). [[Temuriylar]]dan. [[Sulton Mahmud Mirzo|Sulton Maxmud Mirzo]]ning 3oʻgʻli. [[Ona]]si — Zuhra begi*. Otasining vafotidan soʻng [[Qarshi]] [[viloyat]]i [[hokim]]i boʻlib, keyinchalik akasi [[Boysungʻur]]dan [[Buxoro]]ni ([[1497]] y. dek.), [[Bobur]] esa, [[Samarqand]]ni tortib olgan. Bobur ota [[meros]] [[shahar|shaxri]] [[Andijon]] dushman kuliga oʻtishi mumkinligi haqida xabar topib, [[bek]]laridan birini Samarqandda qoldirib, Andijon tomon yurgan. Bundan foydalangan S.A.M. Samarqandni ishgol qiladi (1498 y. [[fevral]]—[[mart]]). [[1499]] yilda S.A.M. bilan Muhammad Mazid [[tarxon]] orasida nizo vujudga keladi. Tarxonlar Movarounnahrda katta nufuzga ega edilar (q.qarang [[Darxon]]). Mazid tarxon Samarqand va uning atrofidagi [[mulk]]larni oʻz oʻgʻillari, qarindoshurugʻlari va yaqin kishilari ixtiyoriga berib qoʻygan edi. S.A.M. [[taxt]]ga muqim oʻrnashib olgach, Mazid tarxonga qarshi siyosat yuritadi. Natijada Mazid tarxon Samarqanddan chiqib ketadi. Shunda [[Toshkent]] hokimi [[Sulton Mahmudxon]] jiyani Xon Mirzoni (Mirzoxon, S.A.M.ning ukasi) [[moʻgʻullar|moʻgʻul]] [[qoʻshin]]lari bilan Samarqandni zabt etishga joʻnatadi. S.A.M. Samarqand [[tashqari]]sida, Yoryayloqda boʻlgan [[jang]]da gʻolib chiqadi. Onasi Zuhra begimning nodonligi tufayli yozilgan maktub sabab [[Shayboniyxon]] Samarqandni jangsiz egallaydi (1500). S.A.M. Qoʻlba yalangligida qatl etiladi.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->