Yapon tili: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5) |
||
Qator 15:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Japon tili''' — japonlaf tili, Japonyaning rasmiy davlat tili. Japon tilining genetik aloqalari, yaʼni uning u yoki bu til oilasiga mansubligi uzoq vaqt aniqlanmagan: u goh oltoy tillariga, goh avstronez tillariga mansub deb kelingan. Soʻnggi oʻn yilliklardagi tadqiqotlar japon tilining oltoy tillari oilasiga mansubligini isbotlamoqda. Bu til, asosan, Japonyada, shuningdek, Osiyo, Amerika va Yevropaning bir qancha mamlakatlari (AQSH, Kanada, Braziliya va boshqalar)da, Avstraliyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 126 mln. (Yaponiyaning oʻzida — 124 mln.) kishidan ortiqroq (2000). Yapon tilida, asosan, shim.sharqiy, gʻarbiy va jan. lahja guruhlari farqlanadi. Fonologik tizimi avstronez tillarinikiga yaqin boʻlib, adabiy tilda 35 fonema (jumladan, 5 ta unli) mavjud. Unlilar choʻziqlikqisqalik, undoshlar esa yakka va qoʻshaloq kelish xususiyatlariga ega boʻlib, bu xususiyatlar koʻpincha maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Grammatik tizimi oltoy, xususan, turkiy tillardagiga oʻxshash: ot va feʼl turkumlaridagi koʻmakchi, yuklama xarakteridagi soʻzlar va qoʻshimchalar, soʻz tartibida aniklovchining aniqlanmishdan oldin, kesimning hammavaqt gap oxirida kelishi. Leksikasida asl yapon soʻzlaridan tashqari xitoy tilidan oʻzlashgan soʻzlar ("kango") koʻp boʻlib, ular Yapon tiliga xitoy yozuvi bilan birga kirib kelgan. Zamonaviy oʻzlashma soʻzlar ("gayraygo") asosan ingliz tilidan kirib kelmoqda. Har ikkala turdagi oʻzlashma soʻzlar oʻzining fonologik, morfologik va grammatik xususiyatlariga ega. Asl yaponcha soʻzlar va grammatik koʻrsatkichlar yapon yezuvining xiragana shaklida, chet tillardan kirib kelgan soʻzlar esa katakana shaklida yoziladi (
Ismatulla Bekmurodov.
|