Qiyosiy-tarixiy metod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Q.t. → {{subst:FULLPAGENAME}} (8) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 4:
'''Qiyosiy-tarixiy metod''', komparativizm (tilshunoslikda) — til oilalari va guruhlarini, shuningdek, ayrim olingan tillarni tarixiygenetik oʻrganish usullari va tartiblari majmui; qiyosiytarixiy tilshunoslikrya tillar rivojlanishining tarixiy qonuniyatlarini belgilash uchun qoʻllanadi. Ushbu metod til tarixini bilishning eng muhim vositasidir. Qiyosiy-tarixiy metodm. yordamida genetik jihatdan oʻzaro yaqin tillarning diaxronik tadrijiy rivojlanishi ularning kelib chiqish manbai bir ekanligini isbot qilish asosida oʻrganiladi.
 
Qiyosiy-tarixiy metodm.ning asosiy maqsadi jahondagi qarindosh tillar ichidagi ayrim oila va guruhlarning bobo til (q.qarang [[Bobo til]]) holatidagi qolipi (qiyofasi)ni, ularning keyingi davrlardagi rivojlanishi va mustaqil tillarga ajralishi jarayonini qayta tiklash (aslidagiday "tiriltirish"), shuningdek, u yoki bu genetik birlikka mansub tillarning qiyosiytarixiy tavsiflari (grammatikalari va lugʻatlari)ni tuzishdan iborat. Shuni ham aytish kerakki, Qiyosiy-tarixiy metodm.ning dastlabki belgilari Sharq filologiyasida — M. Koshgʻariy, M. Zamaxshariy, A.Navoiy va boshqalarlarning asarlarida kuzatiladi.
 
Metodning asosiy usullari quyidagilar: lisoniy maʼlumotlarning genetik mansubligini aniqlash, qiyoslanayotgan tillarning turli sathlaridagi oʻxshashliklar va nooʻxshashliklar tizimini belgilash, dastlabki bobo til shakllarini modellashtirish, lisoniy hodisalar va holatlarning xronologik va mintaqaviy tarqalish chegarasini belgilash va shu asosda amalga oshiriladigan tillarning genealogik tasnifi. Qiyoslash lisoniy tadqiqotning universal usuli boʻlish bilan birga Qiyosiy-tarixiy metodm.da ham asosiy, ustuvor usul hisoblanadi. Ushbu metodning eng muhim belgisi tilning barcha sathlaridagi oʻxshashliklarni anikdash yoʻli bilan amalga oshiriladigan r ye konstruksiya (qayta tiklash) tartibi (usuli)dir. Qiyosiy rekonstruksiya (har xil tillardagi muayyan hodisalarni qiyoslash asosida boʻladigan) va ichki rekonstruksiya (bir til doirasidagi turli davrlarga mansub lisoniy hodisalarni taqqoslash bilan boʻladigan) oʻzaro farqlanadi.