Hunarmandchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil, Mil. av. → Miloddan avvalgi, -a.ni → -asrni (13), i.ch. → ishlab chiqarish (15) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 17:
Oʻzbekistondagi H. chuqur ixtisoslashgan boʻlib, oʻzida xilma-xil kasbkorlarni birlashtirgan. Mas, terini qayta ishlash sohasida koʻnchilar, etikdoʻzlar, maxsidoʻzlar, kovushchilar, egar-jabduqchilar, telpakchilar, poʻstinchilar, kamarchilar; toʻqimachilik sohasida boʻzchilar, atlaschilar, gilamchilar, sholcha va namatchilar; metallni ishlash sohasida temirchilar, taqachilar, misgarlar, chilangarlar, zargarlar kabi kasblar boʻlgan. Bular H.ning tarmoq strukturasini belgilangan.
 
Sharqdagi musulmon ustaxonalarida boʻlgani kabi Oʻzbekistonda chevarlik, kashtachilik bilan ayollar uyda oʻti-rib shugʻullanishgan (q.qarang [[Kasanachilik]]). H.ning ijtimoiy strukturasida usta, xalfa va shogird kabi ijtimoiy toi-falar mavjud boʻlgan. H.ning ichki tartib va qoidalarini uning nizomi sifatidagi "Risolalar" belgilab bergan. Har bir kasbning oʻz rahnamosi, yaʼni piri va "Risolasi" boʻlgan, avloddan-avlodga oʻtuvchi odatlari va udumlariga rioya etilgan. Mas, ish boshlashdan oldin usta oʻz pirini yodga olib undan madad soʻrash, shogirdiga fotiha berish kabi odatlarga amal qilingan.
 
Oʻzbekiston Rossiya mustamlakasiga aylangach, H. metropoliya sanoatining raqobatiga duch kelib, oʻzining ilga-rigi mavqeini yoʻqotgan boʻlishiga qaramay, uning koʻp tarmoqlari saqlanib qoldi, chunki u milliy ehtiyojni qondiradigan tovarlarni, chunon-chi, kiyim-kechak, idish-tovoq, turli uy-roʻzgʻor buyumlari, mayda mehnat qurollarini yaratib, ularni mahalliy bozorga yetkazib berdi. H.ning yashovchanligini taʼminlashda chet eldan keltirilgan xom ashyo, materiallar, kichik uskunalar muhim rol oʻynadi. Mas, AQShdan keltirilgan teri boʻyogʻidan foydalanib koʻnchilar amirkon deb nomlangan yupqa charm ishlab chiqara boshladi. Shu munosabat bilan amirkon etik, mahsi va kovushlar paydo boʻldi. Germaniyadan "Zinger" firmasining tikuv mashinalari keltirilishi bilan tikuvchilik (chevarlik) keng yoyildi.