Fotografiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 9 y. → 9 yil, -a.da → -asrda (3) using AWB
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 7:
Bir pogonali diffuzion fotografik jarayon, yaʼni fotoapparatning oʻzida bir vaqtda negativ va pozitiv tasvirni juda tez hosil qilish usuli ham yaratilgan. F. oqqora (monoxrom) va rangli, statik va dinamik (kinematografiya), yassi (oddiy) va hajmiy (stereoskopik) turlarga boʻlinadi. Yoruglik sezgir materiallardan foydalanib hajmiy (fazoviy) tasvirlar olishning alohida usuli golografiya deb ataladi. U 15-asrda obʼyektlar tasvirini proyeksiyalab, soʻngra qogʻozga rasmini chizishdan boshlangan. Bu usulni Leonardo da Vinchi qoʻllagan. Lekin F. yorugʻlik sezgir moddalar maʼlum boʻla boshlagach paydo boʻlgan. 18-asrda dastlabki yorugʻlik sezgir modda sifatida kumush tuzi topilgan va tadqiq qilingan. Buyuk Britaniyada 1802 yilda T. Uejvud AgNO3 qatlamida tasvir olishga erishdi, lekin uni mustahkamlash usulini bila olmadi. F. ixtiro qilingan vaqt 1839 yil deb hisoblanadi, chunki shu yili fransuz rassomi L.J.M.Dager (fransuz olimi J.N.Nyeps bilan hamkorlikda) Parij akademiyasiga F. usuli haqida axborot beradi. Bunda yorugʻlik sezgir qatlam sifatida kumush ioditdan foydalanilgan. Keyinroq obʼyektiv ixtiro kilindi (muallifi vengriyalik optik I.Petsval, 1840), ingliz ixtirochisi F. SkottArcher 1857 yilda hoʻl yorugʻlik sezgir material (kolloidli emulsiya) ga asoslangan fotojarayonni ishlab chiqdi, 1871 yilda uning vatandoshi R.Meddoks quruq yorugʻlik sezgir materialdan foydalanishni taklif etdi. 20-asrda F. asosiy axborot va hujjatlashtirish vositasi boʻlib qoldi.
 
Optik sensibilyatsiya hodisasi kashf qilinganidan, plyonkali fotomateriallar, kumush birikmalari boʻlmagan fotomateriallar, yangi modeldagi fotoapparatlar yaratilganidan soʻng F.ni qoʻllanish sohalari ancha kengaydi. Hozir fototasvirlarni bir zumda chiqarib beradigan fotoapparatlar mavjud. F. astronomiya sohasidagi tadqiqotlarda (q.qarang [[Astrofotografiya]]); astrofizikada (q.qarang [[Astrofotometriya]]), biologiya, kimyo, kinematografiya, televideniye, kosmonavtika, tibbiyot, fizika, matbaa, matnli va grafikli asl nusxalardan fotografik usulda nusxalar koʻpaytirishda, kundalik turmushda keng qoʻllanadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->