Yer poʻsti gazlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Qator 1:
'''Yer poʻsti gazlari''' - Yer poʻstila erkin, suv va neftda eritma, jinslarda (ayniqsa qazilma koʻmirlarda) sorbit (shimilgan) holatlarda uchraydigan gazlar. Yer geosferalarida sayyoraning markaziga tomon gazlarning miqdori koʻpayib boradi. 1—2 km chuqurliqda termokatalik yoki neft-gaz zonasi 7 km ga yetgach, metan zonasi boshlanadi. Gaz hosil boʻlishi jarayonlarining mohiyatiga qarab Ye.p.g .ning 9 taga yaqin genetik turi farq qilinadi. Bularning eng muhimlari kata-genetik, metamorfik, vulkanik, bio-kimyoviy, radioaktiv va havoda hosil boʻlgan gazlardir. Qolgan guruhlari (yadro reaksiyasi gazlari, radiokimyoviy va Yer poʻsti ostidagi gazlar) ikkinchi darajali gazlar.
 
Katagenetik gazlar choʻkindi jinslarning chuqurlikka choʻkishi va ayni payta bosimning 100 dan 2000— 2500 atmosferagacha, t-raning 25—30° dan 250—300° gacha oshishi natijasida choʻkindi jinslardagi organik moddalarning tubdan oʻzgarishidan hosil boʻladi (q.qarang [[Yonuvchi tabiiy gazlar]]). T-ra va bosimning yanada oshishi bilan metamorfik gazlar paydo boʻla boshlaydi. Katagenetik gazlarning asosiy tarkibi suv bugʻlari, karbon (II) oksidi, metan, azot, baʼzan inert gazlar va uchuvchan xloridlardan iborat. [[Vu[[lkan gazlari]] Yerning chuqur qismidan keladi va mantiyaning gazsizlanishi bilan bogʻliq (q.qarang [[Vu[[lkan gazlari]]).
 
Organik moddalarning bakteriologik parchalanishi va baʼzi mineral tuzlarning kayta tiklanishidan biokimyoviy gazlar hosil boʻladi. Bularga metan va uning gomologlari (etan va b.), karbon oksidi, vodorod sulfidi, azot, kislorod, goho vodorod va b. kiradi. Radioaktiv gazlar radioaktiv elementlarning parchalanishidan tarkib topadi; bular geliy, toriy va b.dan iborat. Havoda hosil boʻlgan gazlarga Yer poʻstining chuqur qismiga suvli eritmalar holida kirib borgan gazlar mansub. Bunday gazlarga azot, kislorod va inert gazlar (argon, kripton va ksenon) kiradi.